"Xorazm" futbolchisi "Surxon"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025, 18:07
"Xorazm" vingeri Sunnatilla Abdullajonov faoliyatini Termiz jamoasida davom ettiradi.

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

"Xorazm" yarim himoyachisi Sunnatilla Abdullajonov "Surxon"ga o'tishga yaqin", – deyiladi xabarda.

29 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum 31 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 250 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia