Sulsher: "SHunday o'yinlarni muxlislarimiz kutayotgandi"
15 mar 2019 21:42
Yangiliklar
Sulsher: "SHunday o'yinlarni muxlislarimiz kutayotgandi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ECHLning 1/4 finaliga tashlangan qura haqida fikr bildirdi.
"Biz har doim dunyoning eng katta va eng kuchli jamoalariga qarshi o'ynashni istaymiz.
Biz "Barselona"ga qarshi 2009 va 2011 yilgi finallarda o'ynaganmiz. Aynan shunday o'yinlarni muxlislar intiqlik bilan kutishadi. "Barselona" bilan o'yinni men ham ular kabi sabrsizlik bilan kutmoqdaman.
Balki, men boshqa murabbiylardan 99 foiz farq qilarman. CHunki men yana bir bor avvaliga uyda, keyin safarda o'ynayman.
Agarda o'z maydonimizda yaxshi natija qayd eta olsak, safarda raqibga anchagina noqulayliklar keltirib chiqara olamiz, huddi Parijdagi kabi", - dedi Sulsher.
Fikrlar