Sarri: "Seshanbagacha Pulishich transferi haqida hech narsa bilmas edim"
03 jan 2019 13:21
Yangiliklar
Sarri: "Seshanbagacha Pulishich transferi haqida hech narsa bilmas edim"
"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining so'zlariga ko'ra, u yaqin kunlargacha yarim himoyachi Kristian Pulishich transferi haqida hech narsa bilmagan.
"Aristokratlar" 64 mln. evro evaziga Pulishichni Dortmundning "Borussiya" klubidan sotib olishdi.
"Seshanbagacha Pulishich transferi haqida hech narsa bilmas edim. Klubdagilar bir oy oldin futbolchi haqida fikrimni so'rashdi. Unga yaxshi baho berdim, chorshanbada esa transfer amalga oshibdi, ammo jarayondan xabarim yo'q edi. Transfer bozoridagi ish uchun men javob bermayman, shu sababli Pulishichning transferiga izoh berishim qiyin" - deydi Sarri.
Amerikalik xavbek joriy mavsum joriy mavsum 18ta uchrashuvda 3ta gol urib, 4ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
22:00
"CHelsi" Sarr bilan shartnomani bekor qildi. Futbolchi erkin agent sifatida "Lans"ga yo'l oladi 2
Fikrlar