Sulsher Reshfordning jarohati haqida: "Menimcha u "Liverpul" bilan o'yingacha tiklanolmaydi"
17 jan 2020 18:48
Yangiliklar
Sulsher Reshfordning jarohati haqida: "Menimcha u "Liverpul" bilan o'yingacha tiklanolmaydi"
22 yoshli futbolchi Angliya kubogi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi bellashuv (1:0)ning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi. Ammo, bir necha daqiqa o'tib Mett Doertining qo'polligidan so'ng belini ushlab chimga o'tirib olgandi. Markus bahsni davom ettira olmagan va 79-daqiqada almashtirilgandi.
"Nimadir deyish qiyin. Bu erda bir necha hafta oldin Maguayr bilan sodir bo'lgan holat takrorlanmoqda. U kun davomida yana bir nechta tibbiy tekshiruvdan o'tadi. O'ylashimcha, u tiklanishga ulgurmasa kerak. Lekin, oldinda hali 48 soat bor", - deya Sulsherning so'zlarini keltirdi MYU matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APL 23-turi doirasida "Liverpul" mehmoni bo'ladi. "Enfild" mezbonlik qiladigan uchrashuv 19 yanvar (yakshanba) kuni soat 21:30da start oladi.

Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar