Sulsher Pogba va Zidanning uchrashuvi haqida: "Hech qanday muammo yo'q. Pol MYUda qolishni istamoqda"
18 okt 2019 19:55
Yangiliklar


Sulsher Pogba va Zidanning uchrashuvi haqida: "Hech qanday muammo yo'q. Pol MYUda qolishni istamoqda"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogba va "Real" ustozi Zinedin Zidanning uchrashuviga fikr bildirdi.
Zidan va Pogba terma jamoalar uchrashuvi o'tkazilayotgan oktyabr oyidagi tanaffus vaqtida Dubayda ko'rishib qolishdi.
"Yana shu surat. Men Pogba MYUda bo'lishini istamayotgani haqida eshitganim yo'q. Pol shu erda qolmoqchi va yaxshi o'ynashni xohlamoqda. U bir necha kun dam olishda, bu erdan uzoqda bo'ldi. Keyin shu suratlar paydo bo'ldi. Hech qanday muammo yo'q", – deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar