Sulsher MYUning joriy mavsumdagi maqsadi nima ekanligini aytdi
02 mar 2019 13:59
Yangiliklar


Sulsher MYUning joriy mavsumdagi maqsadi nima ekanligini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoaning joriy mavsumdagi maqsadi haqida gapirdi.
"So'nggi o'yinlar natijalari "Tottenxem" bilan kurashga imkon yaratdi. "Manchester Yunayted", "CHelsi" va "Arsenal" "Tottenxem"ni quvmoqda. Poyga qiziq bo'ladi, har bir o'yin muhim ahamiyat kasb etadi.
"Tottenxem"dan 5 ochko orqadamiz, oldinda yana 10ta o'yin bor. Uchinchi o'ringa chiqish uchun imkoniyatimiz bo'ladi.
Har bir o'yin - futbolchilar va murabbiylar shtabi uchun o'zini ko'rsatish imkoniyati. Maqsadimiz - mavsum oxirida uchinchi o'rinni egallash.
Keyingi mavsumda jamoada qolish? Hamma MYUda qolishni istashimni biladi. Ammo yakuniy qaror mavsum oxirida qabul qilinadi" - deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar