Sulsher MYUdagi missiyasi haqida: "Uyni buzish kerak edi"
03 fev 2020 15:10
Yangiliklar


Sulsher MYUdagi missiyasi haqida: "Uyni buzish kerak edi"
Ole Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted"dagi ishi haqida gapirdi.
Murabbiyning aytishicha, asosiy vazifa jamoa uchun o'zini qurbon qilishga tayyor bo'lmagan o'yinchilarni yo'q qilishdir. Hozir esa bundaylar qolmagan.
"Hozir MYUda qayta qurish ketmoqda. Mendan bu ishni qilishni so'rashdi. Jamoadagi hozirgi o'yinchilar klub uchun kurashadiganlardir. Uyni buzish va kerak bo'lmaganlardan qutulish kerak edi. Agar siz jamoa uchun hamma narsani qurbon qila olmasangiz MYUda qolishingiz mumkin emas", - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLdagi 25 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda jadvalning 7-o'rnida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar