Sulsher: "MYU kelasi mavsum ham chempionlik uchun kurashmasa kerak"
24 apr 2019 17:13
Yangiliklar


Sulsher: "MYU kelasi mavsum ham chempionlik uchun kurashmasa kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoaning kelasi mavsum Angliya chempionligini qo'lga kiritish imkoniyatlariga baho berdi.
"Kelasi mavsum chempionlik uchun kurash? Buning uchun bizga barqarorlik etadi deb o'ylamayman va keyingi mavsum ham poygada bo'lmasak kerak. Agar so'nggi 18 uchrashuvdan kelib chiqadigan bo'lsak, "Manchester Siti" va "Liverpul"dan uzoqda emasmiz, ammo chempionlik uchun butun mavsum g'alaba qozonish kerak, biz esa yarmini shunday o'tkazdik. Biroq hech qachon hech qachon dema" - deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar