Sulsher Maguayrning transferi tezroq hal qilinishini so'ramoqda
25 iyu 2019 22:43
Yangiliklar


Sulsher Maguayrning transferi tezroq hal qilinishini so'ramoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Lester" himoyachisi Garri Maguayrning transfer ishi tezroq yakunlanishini talab qilmoqda.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, norvegiyalik mutaxassis mankunianliklar ijrochi direktori Ed Vudvordga himoyachi bilan shartnoma imzolanishini tezlashtirilishini so'radi. Murabbiy Maguayrni jamoaning ushbu yig'inidayoq jamoaga kelib qo'shilishini istamoqda. MYU himoyachi uchun 85 million evro taklif qilgandi, "tulkilar" esa uning transferidan 95 million evro ishlab olishmoqchi.
O'tgan mavsumda 26 yoshli Maguayr jamoasi tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritishni uddalagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar