Sulsher: “Kelajakda u MYU va Angliya termasining asosiy posboniga aylanadi”
14 iyu 2020 19:58
Yangiliklar


Sulsher: “Kelajakda u MYU va Angliya termasining asosiy posboniga aylanadi”
“Manchester Yunayted” ustozi Ole Gunnar Sulsher hozirda ijara asosida “SHeffild YU”da o'ynayotgan Din Xenderson haqida iliq fikrlarni bildirdi.
Uning shartnoma huquqi “qizil iblislar”ga tegishli.
“Din so'nggi yillarda ancha o'sishga erishdi. Keyingi mavsum u bilan nima qilishni hozircha bilmaymiz, qaror hali qabul qilinmadi.
“SHeffild”da ijarada o'ynayotgani uning foydasiga ishladi. U ajoyib mavsumni o'tkazdi. Kelajakda u nafaqat “Manchester Yunayted”, balki Angliya terma jamoasining ham asosiy darvozaboniga aylanadi”, deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar