Sulsher "Kardiff"ni boshqarishdan bosh tortdi
30 dek 2013 12:07
Yangiliklar


Sulsher "Kardiff"ni boshqarishdan bosh tortdi
"Molde" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher "Kardiff" xo'jayini Vinsent Tanning jamoani boshqarish borasidagi taklifini rad etdi, deya xabar bermoqda The Guardian.
O'tgan haftada uels klubi rasman jamoani boshqarib kelgan Malki Makkayni ishdan bo'shatdi. SHundan so'ng Tan 40 yoshli Sulsherni taklif qilmoqchi ekani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Manbaning xabar berishicha, "Kardiff" prezidenti Mahmud Dalman haqiqatdan ham Norvegiyaga borib, Sulsher bilan uchrashgan va unga ish taklif qilgan. Biroq rad javobini olib, ortga qaytgan.

Fikrlar