So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  79 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Sulsher: "Hozirgi qahramonlar futbolchilar emas" Yangiliklar

Sulsher: "Hozirgi qahramonlar futbolchilar emas"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunna Sulsher koronavirus pandemiyasi vaqtida Sog'liqni saqlash tizimida ishlayotgan "qahramonlar"ga futbolchilar haqiqiy o'rnak bo'lishlari kerak.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida futbol musobaqalari o'tkazilmayapdi. "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" esa birgalikda o'z tumani uchun pandemiyaga qarshi kurashishda yordamini ayamayapti.

"Yunayted" hujumchisi Markus Reshford o'z navbatida hayriya ishlarida, maktabda tarbiya topayotgan bolalarning ovqatlanishi va karantin vaqtidagi bepul tushlik tarqatishda yordamini bermoqda.

Sulsher mana shunday global krizis vaqtida futbol klublari barchaga o'rnak bo'lishini istaydi.

"Odamlar bizni bazida qahramonlarga qiyoslashadi, ammo biz endi barchaga yordam berishimiz mumkin. Milliy sog'liqni saqlash tizimi va tibbiyot xizmati - ayni damning asosiy qahramonlari", - deb gapini boshladi Sulsher.

"Ushbu pandemiyaga qarshi kurashishda futbolchilar, murabbiylar, umuman olganda futbol ahli o'zlarini yaxshi ko'rsatishlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholini yuqori kayfiyatda ushlashlari kerak".

"Bu gap men va Norvegiyaga ham tegishli. U erda nimalar bo'layotganidan xabardor bo'lib boryapman. Endi barchamiz nimalarga etibor berish kerakligini bilib boryapmiz. Endi o'zimiz va sog'lig'imiz uchun pullarni tejab qoladigan vaqt keldi. Salomatlik - birinchi o'rinda. Siyosiy shiorlarni ko'p ishlatganim uchun uzr, ammo bir tomonlama bo'lib qolishni istamayman!"

Jamoa futbolchilari karantin vaqtida Karringtonda mashg'ulot qila olmaydi, biroq Sulsher bu pallada futbolchilar o'zlarining yuqori jismoniy holatini ushlab qolishiga ishonadi.

"Futbolchilarim ajoyib! Ularga to'la-to'kis ishonaman", - deb qo'shimcha qiladi u.

"Ular tabiatan sog'lom va doimo kurashishga tayyor. Mashg'ulotlar borasida ularda barchasi joyida. Futbolchilarni chiniqtirishga harakat qilyapmiz. CHunki biz kabi odamlar barcha vaziyatga moslashishimiz kerak"

"Ha, to'g'ri. Futbolchilar doim ham oilasi bilan bo'la olmaydi. Mana endi ular katta vaqtini oilasiga ajrata oladi".

"Umid qilamanki, maydonga qaytganimizda muxlislar futbolchilarimizning holatiga qoyil qolishadi. Biroq o'zlari ham tushunib turishganidek, biz ham barcha kabi vaqtni uyda o'tkazishga majburmiz".

"Umid qilamanki, muxlislar ham odam hayotidan ko'ra muhimroq hech nima yo'qligini tushunib turibdi. Holat normallashayotganini ko'rib turibmiz. Biroq maydonga qaytishga va o'z ishimizni bajarishimizga shoshilmasligimiz kerak. Keling, barcha qiyinchiliklarni birgalikda engib o'tamiz"

"Barchamiz sabr bilan futbolning stadionga va ekranga qaytishini istaymiz, ammo buning uchun hamma bir maqsadda birlashishi, tibbiyot hodimlarining aytganini qilib, uyda qolib, tavsiyalarni bajarish va ularga yordam berish kerak"

"Agarda kimlardir yanada ko'proq yordam bersa, biz birgalikda ko'plab odamlarning hayotini saqlab qolgan bo'lamiz"

Ole-Gunnar Sulsher, 2020 yil 2 mart

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика