Sulsher futbolchilarning jismoniy holati borasida qaror qildi
12 may 2019 18:00
Yangiliklar


Sulsher futbolchilarning jismoniy holati borasida qaror qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari yozgi turnega qadar jismoniy formasini yaxshi holatga olib chiqishini kutayotgani haqida gapirdi.
"Yozda futbolchilar dastur asosida ishlashadi. Ular 1 iyulga qadar tayyor bo'lishligini kutmoqdamiz. Biz mashg'ulotlarning birinchi 10 kunligini ularning tayyor bo'lishlari uchun sarflamoqchi emasmiz. Har bir MYU futbolchisi yig'in boshidan tayyor bo'lishi kerak", - deya norvegiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Goal nashri.
Bugun, 12 may "Manchester Yunayted" joriy mavsum APLdagi so'nggi 38-turni "Kardiff Siti"ga qarshi o'tkazadi. Bahs "Old Trafford" stadionida Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar