Sulsher Evropa Ligasi haqida: "MYUning g'alabasi faoliyatimdagi eng katta yutuq bo'lar edi"
10 avg 2020 12:22
Yangiliklar
Sulsher Evropa Ligasi haqida: "MYUning g'alabasi faoliyatimdagi eng katta yutuq bo'lar edi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Evropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Kopengagen"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Menda ambiciyalar bor va bu klubning bosh murabbiyi sifatida kubokni qo'lga kiritishni xohlayman. Men "Yunayted"dagi faoliyatim uchun qarzdorman va murabbiy sifatida titul yutishim kerak... Bu futbolchilik hayotimdagi eng yaxshi lahzalar bo'lar edi.
O'yinchi sifatida ajoyib jamoaning bir bo'lagi bo'lganman va mendan shunchaki to'lqinga tushib olish talab etilardi", - deydi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" bugun Evropa Ligasi 1/4 final doirasida "Kopengagen" bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar