Sulsher: "Biz maydonga g'alaba uchun tushamiz"
16 jan 2021 00:34
Yangiliklar


Sulsher: "Biz maydonga g'alaba uchun tushamiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APL doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Istalgan jamoa o'yinni g'alaba hayoli bilan boshlaydi. Biz ham istalgan paytda istalgan raqibni mag'lub eta olamiz. Biz ham o'yinga kelib, o'zimizning eng yaxshi o'ynimizni ko'rsatib, g'alabaga erishish og'ushida yuribmiz. Bu bizning haqiqiy holatimizni ko'rsatadi - "Liverpul" bilan "Enfild"da: juda qiyin imtixon.
Peshqadamga etib olishdan ko'ra, peshqadamlikni saqlab qolish qiyinroq deb hisoblayman. Biroq biz ham ayni damda davogarlarmiz, ovchilarmiz, chempionni ortidan quvlayotganlardanmiz. Uzoq davom etadigan mavsumda barcha "Liverpul"ni yutishni istaydi.
Ular o'z maydonlarida ajoyib o'yin namoyish qilishadi. Biz esa ko'p gapira olmaymiz. SHunchaki kurashamiz", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar