Sulsher: "Bir kun kelib Pogba MYU sardori bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 21:13
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Ule-Gunnar Sulsherning fikricha, yarim himoyachi Pol Pogba sardorlik uchun kerakli sifatlarga ega.

"Bir kun kelib Pogba MYU sardori bo'lishi mumkinmi? Albatta. Bu yigitni anchadan beri taniyman. U yetakchi. Pol boshqalarga ta’sir ko'rsata oladi. Pogba muvaffaqiyatga erishishni istaydi.

Pol bir kishi g'alaba qozonmasligini yaxshi biladi, chunki futbol - jamoaviy sport turi. Pogba o'yindan rohatlansa, uning foydali harakatlari ortadi. U futbolni sevadi" - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports