Sulsher Angliyadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi
19 dek 2019 11:10
Yangiliklar


Sulsher Angliyadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Angliya Liga Kubogi yarim finali uchun bo'lib o'tgan qura jarayoni haqida gapirdi.
Qura natijalariga ko'ra "Manchester Yunayted" yarim finalda "Manchester Siti" bilan bahs olib boradi.
"Bu Manchester uchun fantastik kun bo'ladi. "Siti" - Angliyadagi eng kuchli jamoa, ammo biz finalga chiqishimizga ishonmoqdaman. Albatta, biz so'zsiz ularni hurmat qilamiz. Men oldingi derbidan so'ng aytganimdek "Siti" hali ham eng yaxshi jamoadir.
Ular sizning jamoangizni osongina yutishi mumkin, biz esa bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Ammo biz ular uchun muammo tug'dira olishimizni oldingi o'yinda ko'rsatdik. O'ylaymanki, bu ikkita fantastik o'yin bo'ladi", - deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar