Sulsher: "2:0ni ushlagandan, 4:2 yutganimiz yaxshiroq"
05 mar 2019 17:14
Yangiliklar


Sulsher: "2:0ni ushlagandan, 4:2 yutganimiz yaxshiroq"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher PSJga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yini haqida fikr bildirdi.
"O'zimizni hisobdan chiqara olmaymiz, chunki mehmondagi so'nggi o'yinlarimizni juda yaxshi o'tkazdik va PSJ bilan jang qilmoqchimiz. Jamoa o'yindan rohat olishi kerak. Mehmonda g'alaba uchun intilish futbolchilarimiz uchun ajoyib chaqiruv.
"Manchester Yunayted" 2:0 hisobini ushlashini emas, 4:2 hisobida g'alaba qozonishini istayman. Biz yaxshi vaziyatda tanaffusga yo'l olishimiz lozim. Agar birinchi bo'limda 1ta gol ura olsak, ikkinchi bo'limda hamma narsa bo'lishi mumkin" - deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar