So’nggi yangiliklar

16:51Аёллар. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё кубогида Австралияни мағлуб этди  1 16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  6 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  1 15:00Неймар жароҳатини даволаш учун кунига 11 соатгача машқ қилмоқда. "Сантос" ҳужумчи билан шартномани узайтириш масаласини муҳокама қилади  25 14:31U-15 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистондан устун келди  6 14:18Нуньесга итальян гранди қизиқмоқда. "Ливерпуль" ҳужумчи учун 50-55 млн евро ва бонуслар хоҳлайди  1 13:42Конте "Наполи" бош мураббийлигидан кетиб, "Ювентус"ни бошқариши мумкин  3 13:14Лондон гранди "Ипсвич"га Делап бўйича таклиф билан чиқди  1 12:48"Ливерпуль" ўз футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 12:18Шикка "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" клублари қизиқмоқда  0 11:49Эшитдик-да! Ўзбекистон U-14нинг немис мураббийи терма жамоа билан Арманистонга бормади  3 11:23"ПСЖ галактикосдан қутулиб, ҳақиқий жамоага айланди. У финалга лойиқ эди. Энрике EЧЛда ҳеч ким юк бўлмаслиги кераклигини тушунади". Харгривс парижликлар таркиби ҳақида  46 10:49"Ал Ҳилол" АПЛдан мураббий олиб келмоқчи  4 10:20Элдор Шомуродов – А Серия 35-тур рамзий терма жамоасига киритилди  12 10:00Бразилия Осиё чемпионати финалчисини аяб ўтирмади  2

Suhrob Sultonov: "Yigitlardagi fidoyilik menga qanot bag'ishladi" Yangiliklar

Suhrob Sultonov: "Yigitlardagi fidoyilik menga qanot bag'ishladi"

“Navbahor” – “Metallurg” (0:1) uchrashuvining qahramonlaridan biri Suhrobjon Sultonov o'yindan keyin o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yinning og'ir kechishini murabbiylarimiz qayta-qayta takidlagandi. Biz shu kungacha Namangandan g'alaba bilan qaytmagandik. Bu safar ushbu ko'ngilsiz holatga barham berishni dilimizga tuggandik, niyatimiz xolis ekan, g'alaba qozondik. Uchrashuv haqiqatan ham juda qiyin kechdi. Mezbonlarning dastlabki daqiqalardan katta kuch bilan oldinga tashlanishini jamoadoshlarim fidoyilik bilan qaytarayotganligi menga qanot bag'ishladi. Xayrulla Karimovning chamasi 5-6 metrlardan bergan kuchli zarbasini to'sib qolganimdan keyin shu kuni g'alaba qozonishimizga ishonchim ortdi. O'sha hujum chog'ida dastavval darvozaning yuqori burchagiga kirib ketayotgan to'pni Dilmurod Karimov boshi bilan qaytarib qoldi. Keyin namanganliklar sardori Xayrulla aka kuchli zarba berdi. Tavakkaliga to'pga tashlandim. Yo'nalishni topa olganim meni ruhlantirib yubordi. Ikkinchi taymning so'nggida mezbonlar bosimni rosa oshirishdi. Ayniqsa olis masofadan berilgan zarbalar juda xavfli chiqdi. Omadim bor ekan, darvozamni goldan saqlab qoldim.

- “Navbahor”ning bo'ychan hujumchisi Oleksandr Pishur maydonga chiqarilgach ikkinchi qavatda bahs olib borish og'ir bo'ldi. Lekin vaziyatlardan chiqib ketdik. Pishur yonimga kelib “odammisan yoki robot” deb hazillashdi. Bu ham o'yinimga berilgan baho deb o'ylayman. “Paxtakor”, “Qizilqum” jamoalari bilan uchrashuvlarda oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborgandik. Bu gal hammasi rejamizdagidek chiqdi. Buning uchun barcha murabbiylarimizdan va albatta darvozabonlar bo'yicha murabbiyimiz Alisher Ahmedovdan minnatdorman.

- Oldinda yana ikkita qiyin o'yin bizni kutib turibdi. CHempionat peshqadami – “Lokomotiv” va safar uchrashuvida – “Neftchi” bilan. Yaxshi niyat deyishadi-ku. Nasib bo'lsa, bu o'yinlarda ham muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz, deydi Suhrob Sultonov.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика