So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Suhrob Nurulloev: “Superligaga chiqishimiz uchun har qanday jamoaga qarshi o'ynay olishimiz lozim” Yangiliklar

Suhrob Nurulloev: “Superligaga chiqishimiz uchun har qanday jamoaga qarshi o'ynay olishimiz lozim”

Sergey Lushchan boshchiligidagi “Dinamo” jamoasi Pro liganing 13-turida “Turon” mehmoni bo'ldi va safarda qimmatli bir ochkoga ega chiqdi.

Yozgi transferlar oynasida jamoaga kelib qo'shilgan mahoratli futbolchi Suhrob Nurulloev ushbu uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi va jamoasining o'yinini kuchaytirishga erishdi. Biz esa mazkur bahsdan so'ng Suhrob Nurulloevga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

 - “Turon” maydonida to'p tepish hech bir jamoaga oson emas. Raqibning kuchidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak jamoalar bu erga ikki hissa kuch bilan kelishadi. SHunday bo'lsada, “Dinamo” og'ir kechgan uchrashuvda bir ochko olishni uddasidan chiqa oldi. Nima deb o'ylaysiz jamoa ikkinchi bo'limdagi o'yini hisobiga durang qayd etdimi yoki...

- Aslida kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar g'alaba uchun maydonga chiqamiz va murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qilamiz. “Turon” bilan o'yinda jamoamizga faqat g'alaba kerak edi. Buning uchun bizda etarlicha vaziyatlar ham yuzaga keldi. Afsuski, yakunda o'yin durang bilan tugadi.

- Mezbonlarning kuchli pressing va hujumiga qarshi qanday reja ishlab chiqilgan edi?

- “Dinamo”ning o'z o'yin uslubi bor. Mana shu uslubda to'p tepishga va raqibga qarshilik ko'rsatishga harakat qildik.

- Bir necha turdan beri kuzatib kelmoqdamiz, aksariyat uchrashuvlarda sizning jarima yoki standart vaziyatlardan uzatgan to'plaringiz xavfli tus olmoqda va samara keltirmoqda...

- Bizda bunday vaziyatlar har bir o'yinda bo'ladi. Mashg'ulotlarda standart vaziyatlardan foydalanish xususida ishlaymiz. Buni esa o'yinda amalga oshirishga harakat qilamiz.

- Ko'ryapmiz, “Dinamo” jamoasida yana avvalgi darajangizga qaytmoqdasiz. Bu jamoada oldingizga yana qanday maqsadlarni qo'ygansiz?

- To'g'risini aytsam, menda o'yin amaliyoti kamligi bois “Dinamo” safiga kelib qo'shildim. Avvalgi darajamga qaytishim lozim edi. Meni bu jamoaga Sergey Ivanovich Lushchan taklif qildi.  Klubda ahil jamoa yig'ilgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Superligaga chiqishimiz uchun bor kuchimiz bilan oxirigacha harakat qilamiz.

- Jamoa Sergey Lushchanning uslubiga to'liq moslashib ulgurdimi?

- Qaysidir manoda to'liq moslashib oldik deya olmayman. Yangi jamoa 2 oyda murabbiyning uslubiga ko'nikib ketishi qiyin. Bizga malum vaqt kerak bo'ladi. Lekin, hozirda jamoamiz uchun natija muhim hisoblanadi. O'yindan-o'yinga har tomonlama kuchayib boramiz.

- “Dinamo” kuchli to'rtlikdan o'rin olsa “Turon” “Neftchi” “SHo'rtan” kabi jamoalar bilan yana bir bor kuch sinashishiga to'g'ri keladi...

- Ha, kuchli to'rtlikda bu jamoalarga qarshi bahslar juda qiziqarli kechishi shubhasiz. Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz uchun barcha jamoalarga qarshi o'ynay olishmiz zarur.

- O'z vaqtida Aleksandr Mochinov ustozligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sharafini himoya qilgansiz. Nima deb o'ylaysiz, so'nggi yillarda bu yoshdagi terma jamoamizning natijalarini pasayishiga nima sabab bo'lmoqda? O'shanda Mochinov jamoaning musobaqaga oz fursat qolganda qabul qilib olgandi va etarli darajada tayyorlay olmagan edi. SHunga qaramay guruh bosqichida hujumkor va chiroyli o'yin ko'rsatgansizlar...

-  Bu yoshda murabbiyning tajribasi ko'proq kerak bo'ladi deb o'ylayman. To'g'ri, Aleksandr Mochinov bizga kech murabbiy bo'lgan. Qo'lidan kelgancha ko'p narsalarni o'rgatgan deya olaman. O'shanda Suriya bilan o'yinda bizning omadimiz kelmagandi.

- Tailanddagi Osiyo chempionati sizni muxlislarga tanitgan desak to'g'ri bo'ladimi? Quvayt va KXDR darvozasiga ajoyib gollarni urganingiz yodimizda...

- Ha, shunday desak ham bo'ladi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика