So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  3 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Suhrob Nematov: “CHempionatni o'z uyingda boshlash baribir engillik tug'diradi” Yangiliklar

Suhrob Nematov: “CHempionatni o'z uyingda boshlash baribir engillik tug'diradi”

Xademay mamlakatimizda PRO-Liga o'yinlari ham start oladi. “Buxoro” jamoasi qura natijalariga ko'ra, chempionatni safarda boshlaydigan bo'ldi.

Aniqrog'i Davron Fayziev boshqaruvidagi jamoa Toshkentning “Oq-Tepa” mehmoni bo'ladi. Qura, bo'lajak o'yin va umuman chempionatga bo'layotgan tayyorgarlik haqida buxoroliklarning etakchisi Suhrob Nematov bilan suhbatlashdik.

- Suhrob aka, PRO-Liga o'yinlari uchun bo'lib o'tgan qura tashlash marosimi xususida fiklaringizni bildirib o'tsangiz?
- Nima ham derdim, quraning ko'r deb aytishadiku. Qura tashlash jarayoni har yilgidanda bu safar boshqacha ruhda o'tkazildi. Tashkilotchilik yuqori saviyada bo'ldi. TV orqali butun jamoa bo'lib, kuzatib bordik. Quraga ko'ra chempionatni safarda boshlaydigan bo'ldik.

- Mavsumning ilk rasmiy o'yinini mehmonda o'tkazish noqulay emasmi? Boz ustiga “Buxoro”ning asosiy takibchisi bo'lishi kutilayotgan “Neftchi” PRO-Liganing 1-turini o'z uyida o'tkazadi.
- Albatta chempionatning birinchi uchrashuvini o'z maydoningda o'tkazish birmuncha engillikni yaratadi. Lekin istaysizmi yo'qmi baribir har bir raqib bilan o'ynash kerak bo'ladi. To'g'risi, quradan oldin ilk turni Buxoroda o'tkazishni istagan edim. Biroq Toshkentda “Oq-Tepa”ga qarshi o'ynashga majburmiz. “Neftchi”ga keladigan bo'lsak, farg'onaliklarning bu borada omadi keldi. Yangi tashkil etilgan “Olimpik” jamoasi to'g'risida ko'p malumotga ega emasman. Menimcha “Neftchi”ga birinchi tur nisbatan engilroq keldi.

- “Buxoro”ning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda?
- Hammasi murabbiylarimizning ishlab chiqqan rejasi asosida ketmoqda deyish mumkin. Hozir Toshkentda tayyorgarlik bosqichining uchinchi qismini o'tkazyapmiz. Fikrimcha endi asosiy etibor “Oq-Tepa” bilan bo'ladigan o'yinga qaratiladi va shu tariqa chempionatni ham boshlaymiz.

- “Oq-Tepa” haqida fikringiz qanday?
- Juda yaxshi jamoa. Tarkibida ijrochilar etarlicha topiladi. Har bir raqibiga qiyinchilik tug'dira oladi. Bemalol ayta olamanki, bu yil PRO-Liganing hech bir o'yini oson kechmaydi. “Oq-Tepa”ni o'rganamiz va chempionatning ilk turida g'alaba qozonib muxlislarimizni quvontirishga xarakat qilamiz.

- “Buxoro”ning o'rtoqlik o'yinlarida bazida mag'lubiyatga uchrab turgani, ayrim muxlislarni havotirga solmoqda?
- Tayyorgarlik davridagi nazorat o'yinlarida natija asosiy o'ringa chiqmaydi. Murabbiylar asosiy etiborini ko'proq qo'l ostidagi futbolchilarning imkoniyatlarini ko'zdan kechirishga qaratadi. Jamoa o'yinini shakllantirishga urinadi. SHuning uchun ayrim omadsizlikka uchralgan uchrashuvlardan fojea yasash kerak emas. Tayyorgarlik jarayonidagi xatolar ustida ishlab, rasmiy o'yinlarda bexato o'ynashga muhimdir.

- Buxorolik muxlislar bu yil jamoani yana Superligaga qaytishini istamoqda. Bu borada jamoangizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Klub rahbariyati jamoani yana kuchlilar safiga qaytarish uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Tarkib deyarli 95 foizga yangilandi. SHuningdek murabbiylar shtabi ham. Tabiiyki jamoaning o'yin uslubi ham yangitdan qurilmoqda. Bunga baribir vaqt kerak. CHempionat boshlansa, o'yindan o'yinga hammasi biz uchun yaxshi bo'lishiga umid qilaman. Nasib qilsa bu yil oldimizga qo'yilgan vazifani uddalaymiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика