So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

Suhrob Nematov: “Bizga bitta g'alaba kerak. Keyin hammasi yaxshi bo'ladi” Yangiliklar

Suhrob Nematov: “Bizga bitta g'alaba kerak. Keyin hammasi yaxshi bo'ladi”

Aleksandr Mochinov jamoasining joriy chempionatda g'alaba qozonishi uzoqqa cho'zilib ketdi. Buxoroliklar o'tgan shanba kuni “Andijon” mehmoni bo'lib, mag'lubiyatga uchradi.
Uchrashuvdan so'ng jamoa sardori Suhrob Nematov bilan suhbatlashdik.

- “Andijon”ning joriy mavsum hisobidan o'z maydonida ilk uchrashuvini o'tkazishini va bahs oson bo'lmasligini yaxshi bilardik. SHunga monand tayyorgarlik ko'rdik va safardan imkon qadar ochko olib qaytish uchun astoydil xarakat qildik. Afsuski rejamiz amalga oshmadi.

- O'yin haqida nima deyishim mumkin? Menimcha maydonda teng kurash kechdi. Ikkinchi bo'limda bizda ham bir qator golli vaziyatlar bo'ldi. Ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Bunda kimnidir ayblash noo'rin deb bilaman.
- O'zimni ko'rsatgan o'yinim haqida yaxshisi murabbiy fikr bildirgani maqul. Iikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib bosh murabbiyning qaroriga ko'ra o'rnimni boshqa bir jamoadoshimga bo'shatib berdim. CHunki qolgan daqiqalarda tavakkalchilikka qo'l urildi va ikkita sof hujumchi bilan o'ynadik.



- Jamoada yaratilgan sharoitlar yaxshi. Bu borada hammasi ko'ngildagidek. Lekin shunga qaramay muxlislarimizni quvontira olmayotganimiz alam qilyapti. Etibor bersangiz bu yil ham tarkib deyarli yangitdan tuzildi. Balki yangi kelgan futbolchilarning yangi muhitga to'liq moslashib ketishi uchun vaqt kerakdir.

- Bizga bitta g'alaba kerak. SHunda keyin hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman.

- Legionerlar? Keling, yaxshisi bu savolni ochiq qoldiraylik.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика