So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Suhrob Izzatov: "Bunyodkor"ning maqsadi OCHL guruh bosqichiga chiqish" Yangiliklar

Suhrob Izzatov: "Bunyodkor"ning maqsadi OCHL guruh bosqichiga chiqish"

Xabaringiz bor, Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Superliga klublari orasida yangi mavsumga tayyorgarlikni birinchilardan bo'lib boshladi.

Boisi, “Qaldirg'ochlar” 21 yanvar kuni o'z maydonida OCHL saralash bosqichi doirasida Iroqning “Al Zavra” jamoasini qabul qiladi. SHu boisdan futbolchilar va murabbiylar 16 dekabr sanasidan etiboran mashg'ulotlarga kirishishdi. Bosh murabbiy Vadim Abramov davolanishda ekanligi sababli, uning o'rniga yordamchisi Marat Miftaxutdinov jamoaga boshchilik qilmoqda. Tarkibga yangi futbolchilar jalb etilishi haqida aniq malumot yo'q. Lekin, murabbiyning takidlashicha bir qator tajribali futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yanvar oyida bu borada yangiliklar bo'lib qolishi mumkin. Hozirda esa yosh va iqtidorli shuningdek, ijaradan qaytgan futbolchilar bilan yig'in davom ettirilmoqda. Mazkur yig'in davomida nazorat uchrashuvi o'tkazilishi ham rejalashtirilgan. Bugungi mashg'ulotlar yakuniga etgach jamoa azosi Suhrob Izzatov tayyorgarlik hususida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Dastlab yangi mavsumga boshlangan tayyorgarlik haqida ikki og'iz fikr bildirsangiz. Ilk kungi mashg'ulotlar qanday o'tdi?

- Ko'rib turibsiz yig'inni alo kayfiyatda boshlab oldik. Yangi futbolchilar sinovdan o'tkazilyapti,boisi jamoani ayrim o'yinchilar tark etdi. Qolganlar OTJ bilan Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rishyapti. CHempionlar Ligasi bahslari boshlanguniga qadar safimizni kuchli futbolchilar bilan to'ldirib olamiz degan umiddaman. Niyatimiz saralash va pley-off bosqichidan o'tib, guruh bosqichiga chiqish.



- Mashg'ulotlar jarayonida tajribali futbolchilarning yo'qligi sezilyaptimi?

- Ha. Ularning yo'qligi bilinyapti. Biz yoshlarni tajribali o'yinchilardan o'rganadigan jihatlarimiz ko'p. Bizdan ko'ra ko'proq bilimga va ko'nikmaga ega. Vaqt o'tgan sari ular ham faoliyatlarini yakunlashadi. Boz ustiga futbol jamoaviy o'yin. Bir o'yinchiga bog'lanib qolish ham yaramaydi.

- Osiyo CHempionlar Ligasidai raqiblar qay darajada xavfli? Umuman shu haqida fikr bildirsangiz?

- “Al Zavra” ham, “Al Ayn” ham shunchaki maydonga chiqishmaydi. BAA klubi juda kuchli. Saviya va maxorat bobida ham ustun. Yuqori darajadagi legionerlar to'p tepishini bilamiz. Maqsadimiz keyingi yil OCHLda uzoqroqqa borish va bu yilgi natijamizni yaxshilash.

- Birinchi davrada jamoaning asosiy tarkibidan joy olayotgan edingiz. Lekin, kutilmaganda diqqat markazidan g'oyib bo'lib qoldingiz...

-To'g'ri aytdingiz. Jamoaga sekin asta qo'shilib ketayotgandim. Biroq, jarohat bois ancha vaqt yashil maydondan chetda yurdim. Belorussiyadagi yig'in mobaynida oyog'imdan lat edim. Oldimizda qiyin o'yinlar kutib turgan edi. O'z maydonimizdagi bahslarda ochkolar yo'qotib, ahvolimizni og'irlashtirdik. Muhimi yakunda uchinchi o'rinni o'zimizniki qildik.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика