Suhrob Berdiev: "Maydonga gol urish maqsadida tushgandim"
25 apr 2017 11:38
Yangiliklar
Suhrob Berdiev: "Maydonga gol urish maqsadida tushgandim"
- “Metallurg” bilan o'yin qiyin bo'lishini oldindan bilardik. CHunki bu jamoa 3-4 yildan buyon asosiy tarkib deyarli o'zgarmay kelmoqda. SHunga yarasha murabbiylarimiz bizni o'yinga to'g'ri tayyorlay olishdi. Biz xam bosh murabbiyimizning ko'rsatmalarini aniq bajarishga harakat qildik va natijada g'alabaga erishdik.
- O'yinda xet-trik qayd etishimni kutganmidim? To'g'risi kutmagandim, lekin maydonga gol urishni maqsad qilib tushgan edim. CHunki gol urishni sog'ingandim. Raqibimiz bir kishi kam bo'lib qolgani ham bizga qo'shimcha ustunlik berdi. 11 kishiga qarshi o'ynash yanayam qiyinroq bo'lar edi.
- SHuni alohida takidlamoqchimanki, g'alabamizda stadionni to'ldirib, bizni qo'llab turgan muxlislarimizning hissalari ham judda kotta bo'ldi. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildirgan holda barcha o'yinlarimizda ulardan shunday qo'llab turishlarini so'ragan bo'lardim, - deydi Berdiev.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar