Suares: "Kuman menga uning rejalariga kirmasligimni aytgandi"
06 fev 2021 12:00
Yangiliklar


Suares: "Kuman menga uning rejalariga kirmasligimni aytgandi"
"Atletiko" forvardi Luis Suares 6 yillik faoliyatidan so'ng "Barselona"dan ketgani haqida gapirdi.
"Barselona" menga ortiq ishonmasligini aytganida juda og'ir bo'ldi, men buni kutmagandim. Kuman menga qo'ng'iroq qildi va uning rejalariga kirmasligimni aytdi.
"Barselona" rasman menga ishonch bildirmasligini elon qilganda, "Atletiko" bilan muzokaralar boshlandi. Nafaqat "Atletiko" va "Yuventus", balki ko'plab klublar menga qiziqish bildirishdi. Men o'zim va oilam uchun eng yaxshi bo'ladigan to'g'ri qarorni qabul qilishim kerak edi", - deydi urugvaylik.
Suares joriy mavsum "Atletiko" libosida La Liga doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar