Suares, Karius yoxud "Manchester Siti" akademiyasida bo'lganini siz bilmagan top-5 futbolchi
23 apr 2018 21:30
Yangiliklar
Suares, Karius yoxud "Manchester Siti" akademiyasida bo'lganini siz bilmagan top-5 futbolchi
U erdan har doim ajoyib futbolchilar etishib chiqqan. Biz sizlarga ushbu akademiyada bo'lgan 5 futbolchi haqida malumot beramiz.
5. DENIS SUARES (Barselona)
"Manchester Siti" sobiq ustozi Roberto Manchini 2011 yilda Denis Suares bilan shartnoma imzolaydi. O'shanda mankunianliklar futbolchi dunyo darajasidagi pleymeyker bo'la olishini sezishgan.
O'sha vaqtlarda uni "Barselona", "CHelsi" va "Manchester Yunayted" o'ziga jalb etishga intilgandi. Biroq "shaharliklar" barchadan ustun bo'la olgandi. Suaras avvaliga "Siti"ning akademiya jamoasi tarkibida o'ynagan va chiroyli fintlari evaziga muxlislar etiboriga tushgan. Ko'pchilik o'shanda David Silvaga elkadosh futbolchi etishib chiqayotganligini aytgandi.
Afsuski, "Siti"da 2012 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishiga qaramay, u 2013 yilda "Barselona"ga yo'l oldi.
2014 yilda "Sevilya"da ijarada o'ynadi, 2015 yilda Kataloniya jamoasi uni "Vilyareal"ga sotib yubordi. Ushbu jamoada Denis chiroyli o'yinlar ko'rsatdi, 2016 yilda "Barselona" uni qayta sotib oldi.
24 yoshli futbolchi "Barselona"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmasa-da, tez-tez ilk daqiqalardan maydonga tushmoqda. U bu mavsumda 24 uchrashuvda qatnashdi va 3 gol urib, 6 golga assistentlik qildi.
4. BEN MI (Byornli)
28 yoshli himoyachi "Siti" tarkibida Premer-ligada o'ynamagan. U jamoaning akademiyasi bilan 2008 yilda yoshlar o'rtasidagi Angliya kubogini qo'lga kiritgan.
Roberto Manchini uning o'yinlariga yuqori baho bergan va uni AQSHdagi mavsumoldi turnega olib ketgan. U "Siti" bilan Angliya liga kubogi doirasida "Vest Bromvich"ga qarshi uchrashuvdagina maydonga tushgan.
"Siti"ning o'smirlar jamoasi tarkibida ko'plab o'yinlar o'tkazdi va 2011 yilda "Byornli"ga ko'chib o'tdi. Ushbu jamoa tarkibida umumiy, barcha turnirlarda 246 bahsda maydonga tushdi va 6 gol kiritdi. Yaxshi va ishonchli himoyachi.
3. LORIS KARIUS (Liverpul)
2009 yilda Karius Germaniya U-16 termasi tarkibida Ozarbayjonga qarshi uchrashuvda qatnashib, "Siti" skautlari etiboriga tushgan. O'sha yili u Angliyaga borgan va "Siti" bilan shartnoma imzolagan.
Keyinchalik u vataniga qaytdi va "Maync" tarkibida harakat qildi va u erda Bundesliganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'ldi.
2015/16 yilgi mavsumda u Noyerdan keyingi darvozabon sifatida etirof etildi. SHu orqali 2016 yilda "Liverpul" u bilan shartnoma imzoladi. Endilikda u Simon Minoleni zaxiraga o'tkazib qo'ygan va asosiy darvozabon bo'lib turibdi.
Albatta, bunga ilk navbatda Yurgen Kloppning ishonchi sabab, biroq u o'z ishini yaxshi bajarayotganligi hech kimga sir emas. U bu mavsumda 27 uchrashuvda qatnashib, 14 bahsda gol o'tkazib yubormadi.
2. KIRAN TRIPPER (Tottenxem)
U Ben Mi bilan birga o'ynagan va 2008 yilda yoshlar o'rtasidagi Angliya kubogini qo'lga kiritgan. 2010 yilda asosiy tarkib bilan AQSHdagi mavsumoldi turnega ham borgan va "Barselona"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan.
U ham "Siti" bilan birgalikda birorta rasmiy uchrashuvda qatnashmagan. O'shanda "shaharliklar" Pablo Sabaleta va akademiya tarbiyalanuvchisi Mika Richardsni afzal ko'rishgan.
SHundan keyin Tripper ham Mi kabi "Byornli"ga borgan. Ushbu jamoa uchun 170 uchrashuvda qatnashgan va 5 gol kiritgan.
2014/15 yildagi zargarona mavsumdan keyin uni "Tottenxem" xarid qilgan.
1. ADRIEN RABO (PSJ)
Balki bu ism ushbu ro'yxatda turgani siz uchun syurprizdir, u "Manchester Siti" akademiyasida tahsil olgan.
Rabo "Siti"gacha 6 akademiya ko'rigida bo'lgan, u erdan chiqiboq PSJga bordi.
2008 yilda u "Manchester Siti" akademiyasining eng yaxshi futbolchisidan biriga aylanib oldi. Ayni damda u 23 yoshda va dunyoning eng kuchli jamoasi tarkibida har bir uchrashuvda harakat qilmoqda. PSJ tarkibida Rabo 200dan oshiq bahslarda qatnashib bo'ldi.Eng qizig'i, 21 yoshida, 2016 yil noyabr oyida Franciya termasida debyut uchrashuvini ham o'tkazdi.
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar