Suares Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2016, 18:14
"Barselona" hujumchisi Luis Suares UEFA talqiniga ko'ra Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Urugvaylik muxlislarning 51% ovozini yig'di. Keyingi o'rinlarni quyidagi futbolchilar egalladi: Yulian Draksler 19% ("Volfsburg"), Arturo Vidal 16% ("Bavariya"), Zlatan Ibragimovich 14% PSJ.

Suares "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/4 finalining birinchi uchrashuvida 2 ta gol urib, jamoasining g'alabasini taminladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com