So’nggi yangiliklar

14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  0 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  2 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  2 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  2 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  7 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  6 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  23 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  6 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  2

Stourbridjdan Madridgacha: Jud Bellingemga aylanish (mutolaa uchun) Yangiliklar

Stourbridjdan Madridgacha: Jud Bellingemga aylanish (mutolaa uchun)

Madridning "Real" klubi yulduzi haqida gaplashamiz.

"Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya"sidan Jud Bellingem bilan shartnoma imzolagan holda ushbu yozdagi eng shov-shuvli transferlardan birini amalga oshirdi. Bitim narxi bonuslarsiz 103 mln evroni tashkil etdi. "Qaymoqranglilar" yosh o'yinchilardan pulni ayamaydi va ularga ishonch bildirishdan qo'rqmaydi. Bundan tashqari, hamkorlik bo'yicha qaror ikki tomondan chiqdi. Angliyalik 20 yoshidayoq yuqori baholanmoqda va bunga sabablar bor.

Judning futbol hayoti Stourbridjdan boshlandi va u tumandagi mahalliy jamoada o'ynadi. Ammo, bu uzoq davom etmadi. Bellingemni 8 yoshida "Birmingem" akademiyasiga qabul qilishdi, Jud u erda tezlik bilan o'sdi va rivojlandi. Futbolchi 14 yoshidayoq U-18 jamoasida o'ynardi. Barchaga o'yinchining etuklik va qatiyatni namoyish etib, o'z yosh guruhidan oldinlab ketgani sezilib turardi.

Keskin, tez va texnik jihatdan kuchli Jud jamoadagi o'z sheriklaridan o'tib ketdi. U 15 yoshida U-23 jamoasida o'ynardi. 10ta o'yindagi uchta gol yoshlarning o'sishini kuzatayotgan mutaxassislarning etiboridan chetda qolmadi. Bellingem maktabda o'qib yurgandayoq "Birmingem"ning asosiy jamoasida o'ynashni boshladi. U "Stok Siti"ga qarshi o'yinda debyut qildi va unda zaxiradan maydonga tushdi. "Ko'klar" 0:1 hisobida mag'lub bo'lishayotgandi, ammo akademiya tarbiyalanuvchisi o'yinni o'zgartirib yubordi va g'alaba golini urdi – 2:1.



Jud avvaliga chap vinger poziciyasida o'ynadi, ammo vaqt o'tishi bilan yarim himoya markazida paydo bo'ldi. Ajoyib o'yinlari unga 2019 yilning noyabrida EFL'ning eng yaxshi yosh o'yinchisi nomini berdi. Bellingem hozirgi poziciyasida uning birinchi bo'lib maydon markazida o'ynashi yaxshiroqligini aytgan murabbiy Pep Klotet tufayli o'ynamoqda.

U "Birmingem"ning birinchi jamoasida faqatgina yarim mavsum o'ynagan bo'lsa ham, 2020 yilning qishida transfer bozorida o'yinchiga katta qiziqish bo'ldi. Yakunda, Klotetning baxtiga Jud qoldi. Mutaxassis 16 yoshli o'spirin jamoa uchun juda muhimligini aytishdan tortinmadi. Xavbek 2019/20 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 44ta o'yinda to'rtta gol urdi va bu "ko'klar"ga CHempionshipda qolishga yordam berdi. Bu uning Midlendsdagi so'nggi mavsumi edi.

Bellingem 2020 yilning yozida "Birmingem"ni tark etdi. U bilan shartnoma imzolashga "Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klublari favorit edi. Judning otasi Mark o'g'li uchun eng yaxshi variantni tanlash uchun Evropaning bir nechta top-klublariga tashrif buyurdi. Yakunda, Bellingemni "Borussiya"ga berishni afzal ko'rishdi. Angliyalik yosh o'yinchilar o'sadigan va ularga o'yin amaliyoti beriladigan klubni tanladi.



Jud 17 yoshida "Borussiya" o'yinchisiga aylandi. Bitim narxi 30 mln evroni tashkil etdi. Bu transfer ushbu yosh toifasi uchun eng qimmati bo'ldi. Bellingem ilk o'yinidayoq Germaniya kubogi doirasida "Duysburg" (5:0)ga gol urgan holda ishga kirishdi. U Bundesligadagi ilk o'yinida samarali uzatma qayd etdi va "arilar"ga Myonxengladbaxning "Borussiya"sini (3:0) yirik hisobda yutishga yordam berdi. Xavbek 2020 yilning oktyabrida 17 yosh-u, 113 kunligida CHempionlar ligasida "Lacio"ga qarshi o'ynagan holda, CHLda ishtirok etgan eng yosh angliyalik bo'ldi.

Bellingem "Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar ligasi chorak final o'yinlarida o'zini yaxshi ko'rsatdi va javob o'yinida gol urdi. Jud o'zining Germaniyadagi ilk mavsumida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda 4ta gol urdi. Angliyalik "Borussiya"ga Germaniya kubogini yutishda yordam berdi (o'zining ilk yirik sovrini) va mavsumning eng yaxshi yangi o'yinchisi deb topildi.

2020/21 yilgi mavsum Bellingem klublar darajasidagi muvaffaqiyatlar bilan birga xalqaro faoliyatini ham yangi darajaga olib chiqdi. U 2020 yilning noyabrida Irlandiyaga qarshi o'yinda Meyson Mauntning o'rniga maydonga tushgan holda, Angliya terma jamoasi tarkibida debyut qildi. Jud so'ngra "sherlar"ga Evro-2020 saralashidan o'tishga yordam berdi. U shuningdek Evropa chempionatida ham ishtirok etdi va unda ko'pincha zaxiradan o'yinga qo'shildi, yakunda esa ushbu turnirning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'ldi.



Bellingemning "Borussiya"dagi so'nggi mavsumi (2022/23) u uchun eng samaradori bo'ldi, yosh yarim himoyachi barcha musobaqalarda 42ta o'yinda 14ta gol va 7ta assist qayd etgan holda dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan raqobat qilishga tayyorligini isbotladi. Jud "Kyoln"ga qarshi o'tgan yilki o'yinda sardorlik bog'ichi bilan harakat qildi. U 19 yoshida sardor sifatida o'ynagan Bundesliga tarixidagi eng yosh o'yinchi bo'ldi.

Judning "Borussiya" bilan xayrlashuvi quvonchli chiqmadi. "Arilar" deyarli butun o'tgan mavsusmda "Bavariya" bilan chempionlik poygasida tengma-teng kurashishdi va hatto Bundesligadagi so'nggi o'yin oldidan ustunlikka ham ega edilar. Ammo, "Borussiya" "Maync" (2:2)ni enga olmadi, "rekordmayster" esa "Kyoln" (2:1)ni mag'lub etdi va yana chempionga aylandi. Angliyalik jamoasiga mavsumning so'nggi o'yinida tizzasidagi jarohat sabab yordam bera olmadi, ammo uning butun mavsum davomidagi mehnatlarini esdan chiqarmaslik kerak.



Bellingem 2023 yilning iyunida Madridning "Real" klubi o'yinchisiga aylandi. Stourbridjlik o'spirin atigi 4 yil mobaynida CHempionshipdan dunyoning eng yaxshi klublaridan birigacha yo'lni bosib o'tdi. U tarixda "Real" tarkibidagi atigi oltinchi angliyalikka aylandi. Jud Lori Kanningem, Stiv Makmanaman, Devid Bekxem, Maykl Ouen va Jonatan Vudgeytlardek o'yinchilar bilan birga tarixga kirdi. Bellingem "qirollik klubi"dagi taqdimotini hayotidagi eng baxtli kuni deb atadi.


Footballhd.ru saytida Sky Sport materiallari asosida tayyorlangan. Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика