Stiven Jerrard: Muxlislarga rahmat aytaman, sizlar eng zo'risizlar
17 may 2015 09:00
Yangiliklar


Stiven Jerrard: Muxlislarga rahmat aytaman, sizlar eng zo'risizlar
"Men g'alati hissiyotlarni boshdan kechirmoqdaman. Endi "Enfild"dani fantastik muhitda boshqa futbol o'ynamayman. Hozirgi holatimni tushuntirib bera olmayman. Klub ishonchli yo'llarda. Bizda juda ajoyib rahbariyat va kuchli murabbiy bor. Jamoaning potenciali juda yuqori. O'ylashimcha, jamoa yaqin kelajakda yangi futbolchilarni jalb etadi. Jamoamga kelajakda omad va zafarlar tilayman. Barcha klub xodimlari va futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ular men bilan 17 yil davomida birga bo'lishdi. Bu shuningdek sobiq jamoadoshlarimga ham tegishli gap. Eng katta rahmatni va minnatdorchilikni muxlislarga aytaman. Men juda ko'p katta arenalarda to'p tepganman, ishtirok etganman. Biroq sizlar eng zo'risizlar! Rahmat", - deydi Stiven Jerrard "Enfild"dagi o'zining so'nggi o'yini oldidan muxlislar bilan hayrlashuv nutqida.

Fikrlar