Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurdi
08 sen 2017 05:22
Yangiliklar


Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurdi
9 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Asian fight 2017" musobaqaning faxriy mehmoni Stiven Sigal poytaxtimizga tashrif buyurdi.
Xabaringiz bor 9 sentyabr kuni muhtasham "Bunyodkor" stadionida "Asian fight 2017" musobaqasi bo'lib o'tadi. Unda 9 nafar yurtdoshlarimiz vatanimiz sharafini himoya qilishadi. Ushbu musobaqaga Gollivudning taniqli kinoaktyorlaridan biri Aykido sport turi bo'yicha 7 dan qora belboq sohibi Stiven Sigal fahriy mehmon sifatida taklif etilgan. Bugun tungi soat 03:15da Toshkent xalqaro aeroportida Jahon kinosi yulduzi va sharq yakkakurashlarining mohir ustasi hisoblangan Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurdi.
Stiven Sigal ishtirokidagi qolgan suratlarni ushbu sahifa orqali tomosha qilishingiz mumkin.
FOTO: Jahongir Sotvoldiev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar