Stiv Bryus: “Boxing Day – “Manchester Yunayted” bilan o'ynash uchun yaxshi kun”
26 dek 2013 17:00
Yangiliklar


Stiv Bryus: “Boxing Day – “Manchester Yunayted” bilan o'ynash uchun yaxshi kun”
“Xall” klubi bosh murabbiyi Stiv Bryus, APLning 18-turidan o'rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.
“Xall”ning har bir o'yinchisidan tortib rahbariyatigacha, Boxing Day kuni bo'lib o'tadigan “Manchester Yunayted” ga qarshi o'yinni kutayapti.
O'yin ushbu ajoyib kunga to'g'ri kelib qolgani yaxshi bo'ldi. Angliya chempionlari bilan o'ynash biz uchun sharaf.
Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. “Liverpul”ga qarshi qanday o'yin ko'rsatgan bo'lsak, “Yunayted”ga qarshi ham shunday o'ynaymiz”, - deydi Bryus.

Fikrlar