So’nggi yangiliklar

00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  4 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  1 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  6 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  10 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  20 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4

Stevica Ristich: “Bunyodkor”da kam o'ynaganimdan afsuslanaman” Yangiliklar

Stevica Ristich: “Bunyodkor”da kam o'ynaganimdan afsuslanaman”

Bir paytlar Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida faoliyat olib borgan makedoniyalik Stevica Ristich futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan ko'pchilikning xabari bo'lmasa kerak.

Ristich futbolchilik faoliyatini 2 yil oldin yakunladi. Biz Stevica bilan bog'lanib u bilan “Bunyodkor”dagi damlar to'g'risida suhbatlashdik.


- “Bunyodkor” jamoasida ko'p vaqt faoliyat yuritmagansiz. Ushbu jamoani hozir ham eslab turasizmi?

- Men “Bunyodkor” jamoasida 9 oy faoliyat olib borganman. Bu davr hayotimdagi eng yaxshi davr bo'lgan. “Bunyodkor” fantastik jamoa bo'lgan, ajoyib do'stlar, murabbiylar shtabi va muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ajoyib bo'lgan. Biz ajoyib o'yinlar ko'rsatar edik. “Bunyodkor” jamoasi tarkibida ko'plab gollar urganman. O'zbekiston kubogi sohibi bo'lganmiz.Juda ham ajoyib damlar bo'lgan.

- OCHL yarim final bosqichida “Poxang Stilers” jamoasi tarkibida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi maydonda to'p tepgansiz. O'sha uchrashuvda eslay olasizmi?

- Albatta, o'sha uchrashuv eng ajoyib bo'lgan. Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda 1:3 hisobida “Bunyodkor” jamoasiga mag'lubiyatga uchragandik. Uyimizda esa 3:0 hisobida “qaldirg'ochlar”ni mag'lubiyatga uchratganmiz. O'sha o'yinning so'ngi daqiqasida Viktor Karpenka darvozamizni ishg'ol qilgandi va uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam jamoalarni 15 daqiqadan iborat 2ta qo'shimcha bo'limlarga taklif qilgandi. O'shanda “Bunyodkor” jamoasi darvozasini ishg'ol qilganman. SHundan so'ng, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritganmiz. O'sha paytda “Bunyodkor”da ajoyib jamoa bor edi. Bosh murabbiy Luiz Felippe Skolari, dunyo tanigan yulduz Rivaldo va yana bir nechta tajribali futbolchilar “Bunyodkor”da to'p tepishgan. SHuning uchun ularga qarshi juda ham qiyin bahsni o'tkazganmiz. Bu mening faoliyatimdagi eng yorqin damlar bo'lgan.

- Hozir ham “Bunyodkor”da siz bilan birga to'p tepgan futbolchilar bilan aloqadamisiz?

- Albatta, aloqadaman. Viktor Karpenko, Server Jeparov, Anzur Ismoilov bilan suhbatlashib turamiz. Mirjalol Qosimov bilan gaplashmaganimga ancha bo'ldi.

- “Bunyodkor” jamoasida faoliyat olib borgan paytingiz qancha maosh olar edingiz?

- Bu haqida gapira olmayman.

- “Bunyodkor” jamoasi safidagi ilk o'yiningizni eslay olasizmi?

- Ha, “Bunyodkor” tarkibida ilk uchrashuvni “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazganman va raqib darvozasini ishg'ol qilganman. Ushbu o'yinda g'alaba qozonganmiz. Birinchi o'yinda gol urib g'alaba qozonganimdan xursand bo'lganman.

- Qaysi klub faoliyatingizda o'chmas iz qoldirgan?

- “Bunyodkor” va “Suvon Samsung” jamoalari faoliyatimda o'chmas iz qoldirgan.

- Nima uchun mana shu ikki klub?

- Ushbu jamoalarda faoliyat olib borganimdan juda ham xursandman. Bu jamoalarda ajoyib o'yin ko'rsatganman. Oilam ham baxtiyor bo'lgan. Ko'p o'yinlarda ishtirok etganman va raqiblar darvozasini ko'p bor ishg'ol qilganman. Barchasi ajoyib bo'lgan. Toshkentda jamoasida kam vaqt faoliyat olib borganman. Bundan afsusdaman. CHunki, “Bunyodkor”da uzoq vaqt faoliyat yuritishni istaganman.

- “Bunyodkor” OCHLda o'ynagan paytda siz jamoa ro'yxatidan tushib qolgandingiz. O'shanda bosh murabbiy Luiz Felippe Skolari edi. Nima uchun bunday bo'lgan?

- O'shanda Skolari mening o'rnimga Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisini ro'yxatga kiritgandi. U murabbiy, men uni hurmat qilaman. “Bunyodkor”da o'z o'yinimni ko'rsatib xato qilganini isbotlaganman.

- Ayni damda nimalar bilan bandsiz?

- Faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng oilam bilan dam olyapman.

- Murabbiylikka licenziyasiga o'qiganmisiz?

- O'qiganman, hozircha menda pro licenziyasi yo'q. Tez orada uni ham qo'lga kiritaman.

- Birorta jamoada ishlayapsizmi?

- Yo'q, hozircha dam biroz dam olmoqchiman. Keyinchalik imkon tug'ilsa biror bir jamoada ishlashim mumkin.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика