So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Steven out. Jerrard yoshlarga yo'l beryapti Yangiliklar

Steven out. Jerrard yoshlarga yo'l beryapti

Terma jamoa futbolkasida 14 yil ichida o'tkazilgan 114 uchrashuvdan so'ng Stiven Jerrard milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida malum qildi.
Bu narsaning eng alamli tarafi shundaki, Stiven terma jamoa safida birorta yutuqqa erisha olmadi va “Liverpul”da ko'rsatgan fantastik o'yinini milliy jamoada ko'rsata olmadi.

O'zingizdan so'rab ko'ring: Jerrard mana shu 14 yil ichida terma jamoa safida ajoyib o'yinlar o'tkazdimi? Balki siz Germaniya ustidan qozonilgan yirik 5:1 hisobidagi g'alabali o'yinda, Jerrardning uzoq masofadan urgan hayratomuz golini aytarsiz. Ammo o'sha o'yinda ham Jerrard yaqqol ajralib turmagan, o'yindagi butun shon-shuhratni xet-trik qayd etgan Maykl Ouen ilib ketgan.



So'nggi 10 yillikning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri “birinchi skripka” bo'lib emas, balki  yordamchi sifatida o'ynadi. Ammo yordamchi kuch sifatida ham u ajoyib edi. Balki aynan u tufayli “birinchi skripka”larning o'yini chiqqandir. Jerrardning o'zi ham Angliya terma jamoasi safida bor yo'g'i 6-7ta yaxshi o'yin o'tkazganini tan oladi.

O'yinda bor kuch bilan o'ynashda u doim birinchi edi, u terma jamoa safidagi 114ta o'yinida ham borini berib o'ynagan. Uning asosiy tarkibdagi o'rni hech qachon shubha ostida bo'lmagan. Ammo klubdagi o'yiniga qarab, muxlislar undan ko'proq narsari kutardi. Angliya terma jamoasi muxlislari Jerrard Angliyani qutqarishiga doimo ishonishgan, ammo bu voqea yuz bermadi.
 


Terma jamoada xuddi 2005 yilgi CHempionlar ligasi finalida “Liverpul”da namoyish etgan o'yini yoki bir yildan so'ng Kubok finalidagi kabi o'yin namoish eta olmadi. U o'z feli bilan jamoadoshlarini ruhlantirib, g'alabaga chorlar va ularni bundanda ko'piga qodirliklarini takidlar edi. Bu sifat terma jamoada foyda bermadi. Muxlislar ayniqsa 2004 yilda g'amga botishdi. Lempard – Jerrard juftligi xuddi katta kuchdek ko'rinar edi, ammo foydalilik koefficienti buning aksini ko'rsatdi. Terma jamoaga kelgan har qanday murabbiy aynan shu topishmoqqa javob topishga urinar edi: Jerrard va Lempardni qanday qilib maydonda birlashtirish mumkin? Hech kim javob topa olmadi. Sanoqsiz tajribalar foyda bermadi. Stiven va Frenk bir-birini to'ldira olishmadi. Har bir omadsiz o'yindan so'ng matbuot va muxlislarning bosimi osha boshladi.

Jerrard terma jamoaga 2000 yil 20 yoshligida kelgan. O'shandan beri beshta murabbiy bu jamoadan chempion yaratishga urinib ko'rdi, ammo ularning hech qaysisi eng iqtidorli futbolchi atrofida jamoa tuzishni o'ylab ko'rmadi. Stivenni xatto o'ziga yoqmaydigan poziciyalarda ham sinab ko'rishdi, bu esa albatta futbolchida noqulayliklar paydo bo'lishiga va o'yinga bo'lgan entuziazm kamayishiga olib keldi.



U terma jamoa safida 21ta gol urib, 22ta golli pas bergan. SHu bilan birga tragedik xatolar ham bo'lgan. 2004 yilda Jerrard Terri Anrini qo'lay imkoniyatga olib chiqadi va francuz o'z jamoasi uchun penalti ishlab oladi. Buning natijasida Angliya 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchraydi va Franciya terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni egallaydi.

Braziliyadagi mundialda esa u urugvayliklarning ikki golli vaziyatida qatnashadi. Bu o'yin ham 1:2 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakun topadi va Luis Suares jamoasi pley-off bosqichiga yo'l oladi. Bu uchrashuvda maydon markazi boy berildi deb aytish qiyin, ammo Jerrard muhim paytlarda jamoasiga yordam bera olmadi.

Jasur Aslanov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика