Sterlingning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

11 fev 2020, 07:11
Rahim avvalroq jarohat olib safdan chiqqandi.

“Manchester Siti” a'zosi Rahim Sterling Chempionlar Ligasi 1/8 finali dastlabki bahsigacha safga qaytadi. Ushbu bahsda “Siti” Zidan boshchiligidagi “Real”ga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, Sterling “Tottenxem”ga qarshi safar o'yinida jarohat orttirib olgandi.

Joriy mavsum futbolchi APL doirasida 23 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole