Sterling jarohat oldi va "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
03 fev 2020 12:41
Yangiliklar


Sterling jarohat oldi va "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Siti" vingeri Rahim Sterling APL doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
25 yoshli futbolchi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda mushaklaridagi noqulayliklarni his qildi va 84-daqiqada almashtirildi. Uning o'rniga esa Bernardu Silva maydonga tushirildi.
Angliya terma jamoasi futbolchisi CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Sterling joriy mavsum "Siti" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar