Sterling "CHelsi"ga o'tishi haqida: "London - mening uyim"
14 iyu 2022 09:10
Yangiliklar
Sterling "CHelsi"ga o'tishi haqida: "London - mening uyim"
"CHelsi"ning yangi futbolchisi Raxim Sterling transferi haqida gapirdi.
"Birinchi navbatda shuni aytishni istardimki, bu erda ekanligim yoqimli. Faoliyatim davomida ko'p narsaga erishdim, ammo oldinda ko'plab muvaffaqiyatlar kutib turibdi. Tomas Tuxel boshchiligidagi "CHelsi" libosida muvaffaqiyatlarga erishishni sabrsizlik bilan kutyapman.
London - mening uyim. Men uchun barchasi o'sha erda boshlangan. Endi menda har ikki haftada do'stlarim va oila azolarim qarshisida o'ynash imkoni bor. Muxlislar bilan uchrashuvni judayam kutyapman.
Mening transferimda ishtirok etgan Todd, Bexdad, klub egalari, Tomas Tuxel va boshqalarga fursatdan foydalanib, rahmat aytmoqchiman.
Ish boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Gaplarimni ish bilan isbotlamoqchiman", - dedi Sterling.
Fikrlar