Sterling bir taymning o'zida Angliyaning 4ta golida qatnashdi
11 sen 2019 00:50
Yangiliklar
Sterling bir taymning o'zida Angliyaning 4ta golida qatnashdi
Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Angliya hamda Kosovo o'rtasidagi bellashuvning ilk taymidan keyin mezbonlar yirik hisobda (5:1) g'alaba qozonishmoqda.
Hisob yirik ko'rinishga kelishida Rahim Sterlingning hissasi katta bo'ldi.
Avvaliga, u 8 daqiqada gol urib, oradagi farqni tenglashtirgan bo'lsa, keyin jamoadoshlariga uchta samarali uzatma (pas) berdi. SHu tariqa, 24 yoshli forvard keyingi taym oldidan 1+3 natijani qayd etib turibdi.
Malumot o'rnida, kecha uning klubdoshi Kevin De Bruyne ham SHotlandiya – Belgiya bahsida (0:4) 1+3 natijaga erishgandi.
Fikrlar