Stefano Pioli “Inter”ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
10 fev 2020 08:13
Yangiliklar


Stefano Pioli “Inter”ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
“Milan” ustozi Italiya chempionati 23-turi doirasida “Inter”ga qarshi (2:4) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Birinchi bo'limda rejalarimiz o'xshadi. 2:0 hisobidan ortiqrog'iga ham loyiq edik, nazarimda. Afsuski, yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz lozim bo'lgan ikki holatda gol o'tkazdik va bu o'yinni ham ruhiyatni ham o'zgartirib yubordi. 3-4 daqiqa orasida o'tkazilgan 2 ta gol o'yin taqdirini hal etdi. O'yin oxirlarida Ibrada yaxshi vaziyat bo'ldi, biroq gol urish uchun diqqatni bir joyga jamlay olmadik. “Inter”da esa bizga qaraganda tajribaliroq jamoa bor. Ular bunday o'yinlarga o'rganib qolgan. SHuning uchun ham ular yana o'yinga qayta oldi. SHuningdek, omadimiz kelmadi — ikki bor darvoza to'sinini nishonga oldik”, — deydi Pioli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar