Starrij Fransiya jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
16 avg 2019, 22:25
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Daniel Starrij faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, agarda Radamel Falkao "Monako"ni tark etadigan bo'lsa, monegasklar Starrij bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rishadi. Ayni damda angliyalik futbolchi erkin agent maqomida.

O'tgan mavsumda u "Liverpul" tarkibida 27 o'yinda qatnashib, o'z hisobiga 4 gol va 2 assistentlikni yozdirib qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe