Stanislav CHerchesov: "Maltani yutdik, ammo ko'pchilikda bu erda muammo bo'ladi"
25 mar 2021 08:58
Yangiliklar
Stanislav CHerchesov: "Maltani yutdik, ammo ko'pchilikda bu erda muammo bo'ladi"
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov Maltaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun boshqacharoq o'ynashni rejalashtirgandik. Golovinni 70 daqiqadan kamroq o'ynatishni ham. Ammo o'yin shunday kechdi. Biz rejalarimizni o'zgartirdik.
Natijalar? Qura tashlanganidayoq biz teng guruhda ekanligimizni aytgandik. Bugun Maltani yutdik, ammo ko'p jamoalar bu erda muammoga uchrashadi. Bugun har bir jamoaga qarshi maksimal tayyorlanishimiz lozimligiga amin bo'ldik.
G'alaba qozondik, ammo qiyinchilik bilan. Lekin eng asosiysi - uch ochko oldik", - dedi CHerchesov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar