So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Srechko Katanec: "Kelgusi o'yinda butkul boshqacha tarkib maydonga tushadi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Kelgusi o'yinda butkul boshqacha tarkib maydonga tushadi"

Osiyo Kubogi saralash bosqichi 2-turidan o'rin olgan Maldiv orollari - O'zbekiston (0:4) uchrashuvidan keyin vakillarimiz ustozi Srechko Katanec hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Eldor SHomurodov fikrlarini bildirdi.

"O'zimiz qilishimiz kerak bo'lgan ishni amalga oshirdik. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Maldiv orollari murabbiyini ham tabriklayman. Ular himoyaga yotib olmasdan, ochiq o'yin taklif etgan holda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ular kelgusida o'sadigan jamoa hisoblanadi", – dedi termamiz ustozi.

"Bugun muhim uch ochkoga erishdik. Birinchi bahsga qaraganda ikkinchisida yaxshiroq o'ynadik. Oldinda bizni uchinchi to'qnashuv kutib turibdi. Maldiv orollari ochiq o'yin ko'rsatdi. Ularga bo'lgan hurmatim yuqori. O'n bir o'yinchi orqada bo'lgan jamoaga gol urish qiyin. Ilk o'yinda shunga o'xshash ko'pgina vaziyatlardan foydalana olmadik", – dedi terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov.

- Ikki o'yinda bir xil boshlang'ich tarkibni ko'rdik. Kelasi o'yinda ham shu 11 nafar futbolchini kutamizmi?   

- Yo'q, kelgusi o'yinda butkul boshqacha tarkib maydonga tushadi.

- SHomurodovga savol: Bugun gollaringiz soni bo'yicha Qosimov va Geynrix bilan tenglashib oldingiz. Taassurotlar qanday?

- Albatta, bundan xursandman. Tarix yaratish har bir futbolchi uchun orzu. Rekordni yangilash uchun esa vaqtim etarli. 

- Katanecga savol: Osiyo Kubogida g'alaba qozonish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Jamoamiz etarlicha sifatga ega, shuningdek, har bir jamoa singari muammolarimiz etarli. Sizlar buni mendan yaxshiroq bilasiz. Ushbu bosqichda ilk bor qatnashyapmiz. Har doim oxirgi bosqichda ishtirok etganmiz. Lekin o'z ustimizda ancha ishlashimiz kerak. 

Ko'pgina o'yinchilar turli klublardan etib keladi. Ularning holatiga ham qarashimiz kerak. Maldiv orollari bir oydan buyon yig'in qilmoqda. Menda bunday imkoniyat bo'lmadi. Masalan, Eldor kabi futbolchi murabbiy uchun har hafta 90 daqiqa o'ynasa, juda yaxshi. U "Roma"da ko'p o'yin o'tkazishga loyiq. Bugungi kunda jismoniy tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega, usiz g'alaba qozonolmaymiz. 

- Masharipovning bugungi o'yini haqida fikringiz?

- Men hech qachon alohida o'yinchi haqida gapirmayman, uning o'zi bilan gaplashib olaman. Men jamoa haqida o'ylashim kerak. Birinchi taymdan mamnun bo'lmadim, ikkinchi taymni yaxshi o'tkazdik. Raqib jamoa charchagach, rejadagi o'yinimizni ko'rsata oldik.

- O'runovni maydonga tushirish rejangizda bormidi yo qandaydir omil sabab bo'ldimi?

- Vazitdan kelib chiqqan holda Ostonni o'yinga qo'shishga qaror qildim. Futbolchilarning mashg'ulotdagi tayyorgarligidan kelib chiqib madonga tushiraman. Kimdir mashg'ulotda yaxshi harakat qilishi mumkin, biroq o'yinda o'zini ko'rsata olmasligi mumkin. Biz boshqacha sifatga ega futbolchilarga muhtojmiz.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика