So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Srechko Katanec Iroq xalqiga maktub yo'lladi Yangiliklar

Srechko Katanec Iroq xalqiga maktub yo'lladi

Sloveniyalik taniqli murabbiy Srecko Katanec Iroq terma jamoasini tark etdi.

Aytish mumkinki, ushbu mutaxassis Iroq termasini so'nggi uch yil mobaynida boshqarib, ushbu jamoani JCH-2022 saralash bahslarining uchinchi bosqichiga olib chiqdi. Lekin o'tgan besh-olti oy mobaynida murabbiyga umuman maosh to'lanmadi. SHu bois Katanec Iroq terma jamoasi bilan xayrlashishga majbur bo'ldi. U ketar chog'ida iroqlik muxlislarga maktub yo'lladi. 

"Barcha-barchaga va eng avvalo Iroq futboli muxlislariga salom yo'llayman. Birinchi navbatda bu erda o'tkazgan uch yil uchun minnatdorchilik bildiraman". 

"Vaziyatdan hammangiz xabardorsiz. O'tgan besh-olti oydan beri maosh olmasdan ishlab keldim va bu vaqt oralig'ida menga hech kim hech narsa demadi. Natijada men shartnomani buzishga qaror qildim. Aslida shartnomani buzgan men emas, balki Iroq futbol federaciyasi, chunki vaziyat meni shunday yo'l tutishga majbur qildi. Federaciya o'zaro shartnomani hurmat qilmadi". 

"Aslida men oldinroq ketishim ham mumkin edi. Biroq jahon chempionatiga saralash ikkinchi bosqich o'yinlari davom etayotgani bois jamoani yarim yo'lda tashlab keta olmasdim. Bunga g'ururim yo'l qo'ymadi. Televizorda va matbuotda aytilayotgan gaplarning hammasi ham to'g'ri emas. SHu bois men haqimda noto'g'ri fikrga borishingizni hohlamayman. 

"Men professional murabbiyman. SHartnoma esa ikki tomonlama tuziladi. Men o'z vazifamni bajarib terma jamoani uchinchi bosqichga olib chiqdim. Ammo federaciya hech qanday reakciya bildirmadi. Natijada vakillarim bilan o'zaro maslahatlashgan holda FIFAga yozishga majbur bo'ldik". 

"Hozircha hech kim bilan shartnoma tuzganim yoki og'zaki kelishganim yo'q. Kelajakda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Iroq milliy terma jamoasiga esa jahon chempionatiga chiqishini tilab qolaman. Hurmat bilan, Srechko Katanec". 

Xullas, shunaqa gaplar. Malumot uchun, Iroq milliy terma jamoasi JCH saralashining keyingi raundida Eron, Janubiy Koreya, BAA, Suriya va Livanga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика