So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  0 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Srechko Katanec: "Hujum chizig'imiz yaxshi holatda, ammo himoyada katta muammolarimiz bor" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Hujum chizig'imiz yaxshi holatda, ammo himoyada katta muammolarimiz bor"

Bugun ertalab O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'ini uchun chaqirilgan futbolchilarning yakuniy ro'yxati elon qilingan edi.

Biroz avval SHahboz Umarov koronavirus sabab yig'inga kelmagani haqida xabar bergan edik.

O'zbekiston MTJ. SHahboz Umarov koronavirusga chalindi va terma jamoa ixtiyoriga kela olmadi

Bugun Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz dastlabki mashg'ulotni o'tkazmoqda. "Paxtakor" stadionida o'tayotgan mashg'ulot 17:15da start olgan. Mashg'ulot boshlanishidan oldin bosh murabbiy Srechko Katanec jurnalistlarga qator fikrlarini bildirib o'tdi.

"Gruziyani juda ham yaxshi raqib, deb hisoblayman. Biz uchun yaxshi sinov bo'ladi. Tarkib bo'yicha gapiradigan bo'lsam asosan markaziy himoya chizig'ida muammolarimiz bor. Jumladan, Rustam Ashurmatov viza bilan muammolar sabab etib kela olmadi. Bundan tashqari, SHahboz Umarov koronavirusga chalinganligi bois kelmadi. Biz esa o'zimizda bor futbolchilar bilan ushbu o'yinni o'tkazamiz", - deya dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi mutaxassis.

"O'zbekistonga kelishdan avval faqatgina Eldor SHomurodovni bilar edim. Qolgan yosh futbolchilar haqida gapirsak barchasi men uchun yangilik bo'ldi. Biz ularga ko'proq vaqt berishimiz kerak. Ular xato qilsa ham imkon berishda davom etishimiz zarur. SHundan keyingina ular terma jamoaga ko'nikib ketib, bizning o'yinimizni kuchaytirishi mumkin.

Hozir hujum chizig'imiz juda ham yaxshi holatda, deb aytishimiz mumkin. Lekin biz alohida futbolchilarga tayangan holda emas, balki butun jamoani shakllantirishimiz kerak. Hozirda hujum chizig'i yaxshi bo'lsa ham, himoya haqida bunday demagan bo'lar edim. Hozir himoya chizig'imizda ancha katta muammolar bor. Endigi maqsadimiz himoya chizig'ini kuchaytirgan holda yaxlit jamoani shakllantirish", - dedi Srechko Katanec.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика