Srechko Katanec Hindistonga qarshi bahs, Alijonovning holati va Suriya bilan o'yin haqida gapirdi (to'liq matbuot anjumani)
17 jan 14:28
Yangiliklar
Srechko Katanec Hindistonga qarshi bahs, Alijonovning holati va Suriya bilan o'yin haqida gapirdi (to'liq matbuot anjumani)
-Murabbiy va o'yinchining ertangi o'yin haqidagi fikrlari qanday?
Srechko Katanec: - Xayrli tong. Yana bir o'yin, yana bir qiyin uchrashuv. Biz tayyormiz.
Otabek SHukurov: - Ikkinchi o'yinga to'liq tayyormiz.
- Hozirgina Hindiston termasi bosh murabbiyi ko'proq hujumda o'ynaymiz deb aytdi. Agar ertaga Hindiston hujumkor o'yin ko'rsatsa, bu O'zbekiston uchun qulayroq bo'ladimi?
- Siz haqsiz. Albatta, agar Hindiston hujumkor o'yin ko'rsatadigan bo'lsa, bu bizga qulayroq bo'ladi. Hindistonning o'yinini tomosha qildik. Jamoa yaxshi shakllangan, tartibli, shu bilan birga, ular juda agressiv. Biz bo'sh nuqtalar topishimiz kerak. Kecha Saudiya Arabistoni qanday gol urganini ko'rdingiz. Bir futbolchi uch himoyachidan o'tib, gol urdi. Bu qiyin bo'ladi, ammo men jamoamni shunga tayyorlashim kerak. Asosiysi, biz ertaga sabrli bo'lishimiz kerak.
- Otabek, birinchi o'yinda kutilmagan natija bo'ldi. Hozirda futbolchilar Suriya bilan o'yinning bosimidan chiqib ketdimi yoki hali ham bu narsa jamoaga tasir o'tkazyaptimi?
- Biz Suriyaga qarshi durang o'ynadik, ammo yutqazmadik. Suriya yaxshi himoyalandi, ularda yaxshi murabbiy bor. Hali ham bizda yaxshi imkoniyat bor. Hammasi o'z qo'limizda, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, Suriya bilan o'yindagi natijani yuvib ketamiz.
- Guruhdagi qaysi jamoa favorit hisoblanadi? Guruhda qaysi o'rinni egallamoqchisiz?
- Men har bir o'yinga alohida etibor beraman. Biz ertaga g'alaba qozonishimiz kerak. Maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish. Mening vazifam jamoani yaxshiroq o'ynatish va o'yinlarda g'alaba qozonish. Boshqalar bizning jamoamiz haqidagi fikrini hurmat qilaman, ammo bunga etibor qaratmayman.
- Otabek, Hindiston terma jamoasini o'rganib chiqqan bo'lsangiz kerak. Hindistonning qanday quchli jihatlari bor?
- Hindiston juda tartibli jamoa ekan. Avstraliya darvozabonning xatosi bilan gol urmagunga qadar, jamoa juda zo'r himoyalanayotgandi. Munosib raqib, yaxshi o'yin bo'ladi. Vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz.
- Hindistonni juda ko'p muxlislar qo'llab-quvvatlashadi. SHu haqida fikringiz?
- Muxlislar faktori foyda berishi mumkin, ammo bu zarar berishi ham mumkin.
- Alijonovning holati haqida gapirsangiz. Ikki safardan beri mashq qilmayapti. Muxlislar uchun bu muhim...
- Alijonov bu musobaqada boshqa o'ynamaydi.
- Suriyaga qarshi durang natijalan keyin O'zbekiston terma jamoasida bosim bormi?
- Biz pozitiv bo'lishimiz kerak. Lekin bosim bo'lishi kerak emas. O'yinchilar bor kuchlarini sarflashsa, hammasi yaxshi bo'ladi.
- Srechko Katanecga savol. JCH saralishidagi Eronga qarshi o'yinda 2:1 hisobida yutqazayotgan paytimiz, besh nafar himoyachidan to'rt nafar himoyachiga o'tgandik. Yakunda gol kiritib, o'yinni qutqarib qoldik. Suriyaga qarshi o'yinda ham bizda shunday imkoniyat bor edi. Savolim shundan iboratki, Ektor Kuper biz uchun principial raqib bo'lgani uchun tavakkal qilinmadimi?
- Eronga qarshi o'yinda gap taktikada emas, o'yinchilarning xohishida edi. Siz 10 ta himoyachini o'ynatsangiz ham, agar ularda gol urish xohishi bo'lsa, futbolchilar hujum qilaverishadi. Eron bilan o'yinning ikkinchi bo'limida biz taktikani o'zgartirmadik, shunchaki Sergeevni maydonga tushirdik. Osiyo kubogiga kelsak, bu erda vaziyatni men nazorat qilaman. Suriya ikki nafar tezkor va hujumkor o'yinchini maydonga tushirdi, shu sabab ham hech narsani o'zgartirishni istamadim. Sabab shunda. Kuperga kelsak, yo'q, hech qanday pripcipiallik yo'q. Kuper men uchun juda yaxshi inson va ajoyib murabbiy. Uni juda hurmat qilaman. Bilmadim, uning hayolida nima bor edi, lekin men hech qachon bu tarzda fikrlamayman.
- Otabek, Suriyani har qanday holatda mag'lub qilishimiz kerak deb aytib o'tgandingiz. Hindistonga qarshi ham shunday deyishimiz mumkin. Ertaga maydonda bu narsani qanday amalga oshirmoqchisizlar?
- Taktik jihatdan bunga murabbiy javob beradi. Futbolchi sifatida gapirsam, har bir o'yin biz uchun juda muhim. Sababi, bizni oilamiz, do'stlarimiz kuzatib turishadi. Suriyaga qarshi o'yinda muxlislar biroz ranjishdi. Muxlislarni xursand qilish uchun hamma narsa qilaman. Har bir futbolchi bunga tayyor. Maydonga chiqib buni isbotlasak bo'ldi. O'ylaymanki, buni uddalaymiz.
Jalolxon Inog'omxo'jaev yozib oldi
Fikrlar