Srechko Katanec: "Agar uchinchi marta terma jamoani sog'ligim tufayli tark etsam boshqa qaytib kelmayman"
05 iyu 12:25
Yangiliklar
Srechko Katanec: "Agar uchinchi marta terma jamoani sog'ligim tufayli tark etsam boshqa qaytib kelmayman"
Ertaga 6 iyun kuni JCH-2026 saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi.
Ayni paytda bellashuv oldidan terma jamoamiz ustozi Srechko Katanec hamda yarim himoyachi Odil Hamrobekov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda. Katanecning bazi so'zlarini keltirib o'tamiz:
- Ertaga asosiy tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Ikkinchi taymda yoshlarga imkon beramiz;
- Sog'ligim haqida to'liq aytib bersam ancha vaqt kerak bo'ladi. Ayni paytda sog'ligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sog'ligim tufayli tark etsam boshqa qaytib kelmayman.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin mutaxassis ikki bor sog'lig'i sabab terma jamoa lagerini tark etgan edi.
Fikrlar