So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Sportni egallagan energetik. "Red Bull" kompaniyasi rahbari va asoschisi Mateshic vafot etdi Yangiliklar

Sportni egallagan energetik. "Red Bull" kompaniyasi rahbari va asoschisi Mateshic vafot etdi

Ditrix deyarli barcha loyihalarida muvaffaqiyat qozongan. Ammo u o'lim bilan kurashda mag'lub bo'ldi.

"Red Bull" kompaniyasining egasi va asosiy g'oyaviy ilhomlantiruvchisi Ditrix Mateshic 79 yoshida vafot etdi. U energetik ichimlik bilan dunyoni zabt etdi, keyinchalik xalqaro poygalarda asosiy odamlardan biriga aylangan, futbol imperiyasini yaratgan shaxs hisoblanadi.

“Red Bull”: boshlanishi, hozirgi va kelajak

Mashhur energetik ichimlikni umuman Mateshic emas, balki uning tailandlik hamkori CHaleo Yuvidya ixtiro qilganini ko'pchilik yaxshi biladi. Ditrix osiyolik ichimlikni qadrladi va Yuvidya bilan birgalikda “Red Bull” kompaniyasini yaratdi.

Lekin qanday qilib yangi narsani reklama qilish mumkin? Mateshic ekstremal sportning barcha turlariga, jumladan avto va motocikl poygalariga sarmoya kiritdi. 1995 yildan buyon u Formula 1da “Red Bull” jamoasini qo'llab-quvvatlab keladi. 

Zauberga nisbatan nafratda bo'lgan Mateshic bir necha yil o'tgach, sotib olingan “Yaguar” asosida o'zining Formula 1 jamoasini yaratishga ruxsat berdi. Oradan bir yil o'tib “Red Bull” ham tarkibga qo'shildi.  SHu tariq, deyarli bir vaqtning o'zida bir vaqtning o'zida ikkita jahon chempionati jamoasini egallab oldi.

Formula-1da yutuq va kelajak uchun kuchli rejalar

Bu vaqtga kelib, buqalar allaqachon yosh poygachilarnini qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'z dasturlarini tashkil qilishgan, ulardan eng yorqini Sebastyan Fettel edi. 2008 yilda u Avstriya koncerniga Formula 1 va hatto «Toro Rosso» tarkibida birinchi g'alabani keltirdi, ammo 2009 yilgi mavsumdan beri nemis piloti “Red Bull” tarkibida to'rt marta jahon chempioni bo'lgan.

“Red Bull” so'nggi o'n yillikda Formula 1ning asosiy kuchlaridan biri bo'lib kelgan va 2021 yilda dvigatellar bilan bog'liq uzoq muammolardan so'ng yana chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Maks Verstappen hech qanday muammolarsiz Lyuis Xemiltondan oldinda edi. . Endi niderlandiyalik poygachi ikki karra jahon chempioniga aylandi. “Red Bull” 2013 yildan beri ilk konstruktorlar chempionatida g'olib chiqishi mumkin.

SHu bilan bir qatorda, avstriyaliklar Formula 1da oldinga yangi qadam tashlashga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda: 2026 yildan boshlab ular o'z dvigatellaridan foydalanadilar, yani ular “Mersedes” bilan birga “Ferrari” darajasiga chiqishadi.

Ayni paytda, Mateshicning ikkinchi Formula 1 jamoasi Avstriyaning yangi biznesi - Alfa Tauri kiyim brendi uchun «bilbord»ga aylandi. Bundan tashqari, faqat Mateshicning say-harakatlari Avstriyaga Formula 1 Gran-prisini qaytarishga imkon berdi. Ditrix “Red Bull Ring” nomini olgan sxemani sotib oldi va yangiladi. 

Nafaqat poyga va ekstrim

“Red Bull”ning sportdagi barcha loyihalarini sanab o'tishning iloji yo'q, ammo Formula 1 dan tashqari, Avstriya koncerni ham haqiqiy imperiya qurgan futbolni ajratib ko'rsata olmaymiz. “Red Bull Zalcburg”dan boshlab avstriyaliklar tezda xalqaro maydonga chiqishdi. Keyinchalik “Nyu-York Red Bulls”, “RB Leypcig”...

Yutuqlar? Avstriyada “Zalsburg” eng kuchli jamoa bo'lsa, Germaniyada “Leypcig”  o'tgan mavsumda mamlakat kubogini qo'lga kiritdi va birinchi mavsumda Bundesligada bu yutug'ini 2021 yilda takrorlab, vice-chempion bo'ldi. 

Ditrixning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar

So'nggi paytlarda Mateshicning sog'lig'ida jiddiy muammolar borligi haqida mish-mishlar tarqaldi. U so'nggi bir yarim yil davomida «Red Bull»ning «Formula-1»dagi o'yinlarini ham, masalan, «RB Leypsig»ning «Bavariya» bilan o'tkazgan eng muhim o'yinlarini ham etiborsiz qoldirib, omma oldiga chiqmadi.

Ditrix hech qachon nomalum jiddiy kasallikni engishga muvaffaq bo'lmadi. Xo'sh, Mateshic merosxo'rlarining vazifasi o'z biznesini saqlab qolish va Ditrixning eng yaxshi xotirasiga aylanadigan barcha loyihalarni muvaffaqiyatli ishlab chiqishdir..

Samandarbek tarjimasi 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика