“Sport” telekanali Evropa CHempionlar ligasining yangi mavsumini translyaciya qilish imkonini izlamoqda
06 avg 2015 12:38
Yangiliklar
“Sport” telekanali Evropa CHempionlar ligasining yangi mavsumini translyaciya qilish imkonini izlamoqda
O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanali Evropa CHempionlar ligasining 2015-2016-yilgi mavsumi o'yinlarini translyaciya qilish imkoniyatlarini izlamoqda. Bu haqda “Daryo”ga telekanalning xalqaro aloqalar bo'limida malum qilindi.
Qayd etilishicha, bu yuzasidan haligacha kelishuvga erishilmagan, hozircha translyaciya huquqi qo'lga kiritilmagan. Muzokaralar ijobiy yakun topsa, bu haqda “Daryo” orqali bilib olishingiz mumkin bo'ladi.
O'zbekistonda xususiy kompaniyalar tomonidan retranslyaciya qilinadigan Rossiyaning “NTV Plyus” kanali matbuot xizmati bilan bog'langanimizda, telekanal tomonidan Evropa CHempionlar ligasini translyaciya qilish huquqi bo'yicha o'tkazilayotgan muzokaralar hozirda yakuniy bosqichga kirgani malum qilindi.
Evropa CHempionlar ligasini translyaciya qilish huquqini MDH mamlakatlari ichida hozircha faqat Ukrainada Media Group Ukraine kompaniyasi, shuningdek, Turkiyada TRT telekanali va Turk Telekom kompaniyasi qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
20:21
Eron Pro ligasi. "Istiqlol" o'z uyida mag'lubiyatga uchradi, Masharipov qaydnomadan o'rin oldi 4
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar