"Sport" kanali qura tashlash marosimini jonli ko'rsatadi
12 apr 2016 00:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204473_original.jpg)
![](/upload/storage/204473_220.jpg)
"Sport" kanali qura tashlash marosimini jonli ko'rsatadi
12 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etadi.
Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 13:30 boshlanadi. Ushbu qura tashlash marosimini "Sport" kanali to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi qurada Saudiya Arabistoni bilan 3-savatchadan o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar