So’nggi yangiliklar

12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  0 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  0 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  0 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  1 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  23 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  2 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  7 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1 07:50Суперлига қайтмоқда. Бугун иккинчи даврага старт берилади  2 07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  12 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  3 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  10

Spasibo and Do Svidaniya Russia, Marhaba Qatar! Yangiliklar

Spasibo and Do Svidaniya Russia, Marhaba Qatar!

OFK rasmiy sayti jahon chempionati yakunlanganidan so'ng xuddi shu sarlavha bilan chiqish qildi.

SHunday qilib parda tushirildi, spektakl tugadi. Rossiyada o'tkazilgan navbatdagi jahon chempionati musobaqasi o'z yakuniga etdi. OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa ushbu mundial nihoyatda qiziq o'tganini takidlab, endi hammaning etibori Qatarda bo'ladigan 2022 yilgi jahon chempionatiga qaratilishini aytdi.

SHayx Salmon JCHni o'tkazgan Rossiya hukumati rahbariga, tashkiliy qo'mita azolariga va barcha futbol kishilariga chuqur minnatdorchilik bildirdi: "Rossiya musobaqani juda yaxshi o'tkazdi, men hammaga rahmat aytaman. Endi biz bor etiborni to'rt yildan keyin bo'ladigan Qatardagi jahon chempionatiga qaratamiz. O'ylaymanki, Qatardagi mundial ham yuqori saviyada tashkil etiladi. Biz keyingi mundialni yanada yaxshi o'tkazish uchun bor kuchni ishga solamiz, buning uchun katta reja ishlab chiqamiz".

"Osiyo bungacha JCH-2002ga mezbonlik qilgandi, yana shunday imkoniyat berilganidan nihoyatda mamnunmiz. Arablar juda mehmondo'st xalq, mana ko'rasizlar, Qatardagi musobaqa ham yuqori saviyada bo'ladi. 2002 yildan buyon jahon chempionati qaerda o'tkazilgan bo'lmasin - Germaniya, JAR, Braziliya va mana endi Rossiya - hammasi o'ziga xos darajada kechgan. O'ylaymanki, Qatar ham bundan mustasno bo'lmaydi", - deya aytib o'tdi OFK rahbari.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика