So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

“Spartak”ning yangi stadioni (foto) Yangiliklar

“Spartak”ning yangi stadioni (foto)

Moskvadagi Tushino aerodromi o'rnida qo'rilayotgan yangi “Otkritie Arena” maydonini qurish ishlari jadal suratda olib borilmoqda.
100 kundan so'ng maydondagi qurilish ishlarining asosiy qismi yakunlanadi va faqatgina maydon markazida ko'k chim yoyish qoladi xolos. 24-iyul kuni esa “qizil-oqlar” o'z maydonlarida birinchi o'yinni o'tkazishadi.
Payshanba kuni “Spartak” xo'jayini Leonid Fedun matbuot xodimlari uchun maydon bo'ylab ekskursiya uyushtirdi va yo'l yo'lakay muxbirlarning ko'plab savollariga javob berdi.

QURILISH ISHLARINING ASOSIY QISMI
Maydon qurilishidagi monolit ishlar bajarilgan: tribunalar tayyor holatda, tom qismi yopilib, suv o'tmaydigan material bilan berkitilgan. Fevralda maydonning old qismi ventilyaciyasi bo'yicha ish olib boriladi va “qizil-oq” romblardan iborat o'ziga xos “ustki qoplam” VIP-tribunadan tashqari maydonning barcha qismini o'rab turadi. Tuzilish qismi tasdiqlanib buyurtma berilgan. SHu katorda o'rindiklar xam o'rnatilgandan so'ng, arena o'zining yakuniy ko'rinishiga ega bo'ladi.

VIP-LOJALAR ALLAQACHON SOTUVGA CHIQARILGAN
Hozirda asosiy ishlar maydonning ichki qismida olib borilayapti: bo'yash, elektr tizimini o'rnatish va boshqa pardoz-andoz ishlari. Bundan tashqari g'arbiy tribuna qismida uy sifatida qurilayotgan ko'p qavatli sport binosiga ham katta etibor qaratilayapti. Bu binoda muzey, 230 o'ringa mo'ljallangan ikkita matbuot markazi, sharhlovchilar uchun keng xona, restoran komleksi va albbatta VIP-loja joylashadi. Leonid Fedunning so'zlariga ko'ra, skaysbokslarning qariyb yarmi sotib bo'lingan. SHundoqqina maydonga qarab turgan lyuks xona esa qizil-oq rangli mebellar bilan jihozlangan va ayni paytda mehmonlarni qabul qilishga ham tayyor. Bu erga oliy martabali mehmonlarni olib kirish mumkin.

“SVOBODA” KO'CHASIDAN O'TUVCHI YO'L
Maydon bilan Volokolamsk katta yo'li orasi alla qachon quruvchilar shaharchasi qad ko'tarib bo'lgan. Bu quruvchilarning bir qismi ko'cha qismini qurish bilan ovora bo'lishsa, ikkinchi qismi arenaning o'zida ishlayapti. Bundan tashqari transport tig'isligini oldini olish maqsadida Tagansk-Krasnopresnensk yo'nalishida metro stanciyasi ham qurilayapti. Metroni maydon bilan birga ishga tushir ko'zda tutilmoqda. Kichik arenaning futdamenti ham, unga olib boruvchi aylanma yo'l ham tayyor holtda. Kuni kecha qurilish maydonchasiga, qurilish ishlari bo'yicha Moskva shahar merining o'rin bosari Marat Xusnullin tashrif buyurdi va maydon bilan Volokolamsk katta yo'li o'rtasida “Svoboda” ko'chasi yaqin kunlarda butkul qurib bitkazilishini takidladi. Bu uchun endi klub emas, balki shahar javob berishi kerak.

YULDUZLAR XIYOBONI
“Spartak” tarixiga ham o'zgacha etibor qaratilayapti. Gladiatorlarning baland haykallari, “yulduzlar xiyoboni” va qurilayotgan muzeyga qaramay, har bir tribunada qizil-oqlar faxrilari: Igor Netto, Nikita Simonyan, Fedor CHerenkov va aka-uka Starostinlarning haykalchalari o'rnatiladi. Afsonaviy o'yinchilarning suratlari alla qachon haykaltaroshga berilgan.

YANGI O'YDEK
Ananaga binoan maydon ekskursiyasi mehmonlarsiz bo'lmadi. Bu galgi mehmon esa teatr va kinoning taniqli akteri Aleksey Maklakov bo'ldi. Bu inson “Spartak”ning ashaddiy muxlislaridan biri bo'lgani uchun maydon qurilishi uni hayratda qoldirdi:
- G'urur va yangicha muhitni his etayapman, - deydi Maklakov. – Bilasizmi, yangi uyga ko'chib o'tganingizda xuddi mana shunday his tuyg'ular sizni qamrab oladi. Umuman olib qaraydigan bo'lsak, bu erda tarixiy ishlar amalga oshirilayapti. CHunki bundan oldin “Spartak” o'zining maydoniga ega bo'lmagan. Millionlab odamlar bu kunni orzu qilib kelishgan axir. Amalga oshirilayotgan ishlarning bari inson uchun qilinayapti. Bu er Rossiya futbolining muqaddas qadamjosi bo'ladi. Maydon poytaxtimizga mos qilib, juda ham zamonaviy va hashamatli qilib qurilmoqda.

Murodov Miraziz tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика